Boboyi Samosiy
Boboyi Samosiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | soʻfiy |
Boboyi Samosiy (arabcha: الجد ساموسي — Boboyi Samosiy — Toʻliq ismi: Xoja Muhammad Boboyi Samosiy (XIII asr oxiri 1354-yil)) — soʻfiy.
Hayoti
tahrirSamosiy, Xoja Muhammad Boboyi Samosiy (13-asr oxiri, Romitan tumanidagi Samos qishlogʻi — 1354) — xojagon-naqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi, Buxorolik 7 pirning beshinchisi. Xoja Ali Romitaniydan tahsil olib, uning vafotidan soʻng xojagonlik tarikatini boshqargan. Bahouddin Naqshband tugʻilganda uni maʼnaviy farzandlikka qabul qilib, Sayyid Mir Kulolga Bahouddin tarbiyasi bilan shugʻullanishni topshirgan. S. bogʻbonlik bilan kun kechirgan. S. kulohini Bahouddinga hadya etib, unga murshidlik qilgan. Bahouddin Naqshband ana shu kuloh sharofatidan balogardonlik karomatiga ega boʻlgan, deydilar. S. tugʻilgan qishlogʻida dafn qilingan. Qabri ustidagi maqbara, atrofdagi masjid va toshquduq mustaqillik yillarida taʼmirlangan.[1]
Adabiyot
tahrir- Orif Usmon, Buxoroi sharifning yetti piri, T.,2003.[2]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |