Samoviy sarguzashtlar qismlari roʻyxati
"Samoviy sarguzashtlar" teleseriali qismlari roʻyxati berilgan.
Mavsum | Qismlar | Premyerasi | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | 14 | 1996 Nickelodeon | |||||
2 | 13 | 1996 – 1997 Nickelodeon |
1-mavsum: 1996
tahrirQism # | Sarlavha | Premyerasi | |
---|---|---|---|
0 | "Breath of a Salesman (Sotuvchining nafasi)" | efirda boʻlmagan | |
Kelgindi sotuvchi, Yee Haw Jones, kemaga chiqadi. | |||
1 | "We Gotta Get Out of This Place (Bu yerdan joʻnashimiz zarur)" | 2-mart, 1996 | |
Amaliy mashgʻulotlari ularning tayyor emasliklari vaji bilan qoldirilganini bilib qolgan Yulduzlar Akademiyasi talabalari oʻzboshimchalik bilan kelgindilar kemasi — Christa bilan bogʻlanishga harakat qilishadi. Ularni izlab kelgan Komandir Goddard va Miss Davenport ham kemaga chiqadilar va Christa samoviy sakrash orqali uzoq fazoga uchib ketadi; uyga qaytish uchun esa yetti yillik yoʻl bosib oʻtish kerak. | |||
2 | "Who Goes Where? (kim qayerga boradi?)" | 9-mart, 1996 | |
Rosiening ochiq fazoga chiqib ketgan oʻyinchoq ayiqchasini qutqarib olgan Radu Spunglar haqida gallutsinatsiyalar koʻrishni boshlaydi. | |||
3 | "A Day in the Life (Hayotning bir kuni)" | 16-mart, 1996 | |
Christa bir juft kelgindilarning oʻljasiga aylanishiga bir bahya qoladi. | |||
4 | "Spung At Heart (Qalblarda Spung)" | 23-mart, 1996 | |
Halokat signalini qabul qilganlaridan soʻng Radu va Harlan yosh Spungni — ham odamlar, ham andromedaliklarning dushmani boʻlmish irq vakilini qutqarishadi. Mukofot tariqasida Spung ularning kelajagidan bashorat qiladi va bu bashoratlarning roʻyobga chiqayotganidan kema jamoasi xavotirga tushadi. | |||
5 | "Forever Young (Doimo yosh)" | 30-mart, 1996 | |
Kelgindi Neinstein Miss Davenport va Komandir Goddardni yashartirib, bolalarga aylantirib qoʻyadi. Bolalar kemada kattalar yoʻqligini nishonlayotgan mahal kemani va ularni Neinstein egallab oladi. Jamoa oʻziga kelib, kemani qaytarishga erishadi. | |||
6 | "Nowhere Man (Manzilsiz kimsa)" | 6-aprel, 1996 | |
Yolgʻiz qolishni istagan Harlan muhandislik xonasida radiatsiya oqimini topadi. | |||
7 | "Desperately Seeking Suzee (Suzeeni ayanch-la izlab)" | 13-aprel, 1996 | |
Suzee Catalina bilan janjallashib, arazlab ketib qoladi. Catalina va Harlan Christani toʻgʻri kometa tomon uchirib, Suzeening ularni qutqarish uchun qaytib kelishiga umid qilishadi. | |||
8 | "Itʼs My Birthday, Too (Yeah!) (Bu mening ham tugʻilgan kunim, ha!)" | 20-aprel, 1996 | |
Radu Bovaning tugʻilgan kunidan xabar topgach, bu kunda u ham tugʻilganini aytadi, biroq ishlar chappasidan ketadi. | |||
9 | "Tie Me Kangaroo Down, Court" | 27-aprel, 1996 | |
Oʻzini boshliq his etgan Harlan jamoaning asabiga tegadi; ular Harlanning ustidan mahkama ishi boshlashadi. | |||
10 | "Prisoner of Luff (Luff mahbusi)" | 4-may, 1996 | |
Irqini urushdan saqlamoqchi boʻlgan mahbus Christani qoʻlga oladi. | |||
11 | "The Impossible Dram (Ilojsiz drama)" | 18-may, 1996 | |
Christa bortiga oʻzining xayolidagi maxluq bilan kurashmoqchi boʻlgan ritsar chiqadi (Don Kixotga ishora). | |||
12 | "Break On Through to the Other Side (Roʻpara tomondan teshib chiqib)" | 25-may, 1996 | |
Bova Thelmani xiyonatchi qilib koʻrsatuvchi voqeaga guvoh boʻladi. | |||
13 | "On the Road to Find Out (Kerak yoʻlni izlab)" | 1-iyun, 1996 | |
Jamoa Christaga oʻxshash, ammo biror jangni boshidan kechirgan kabi koʻrinuvchi kemaga duch keladi. |
2-mavsum: 1996-1997
tahrirQism # | Sarlavha | Premyerasi | |
---|---|---|---|
1 | "New Places, New Faces (Yangi joylar, yangi tanishlar)" | 12-oktabr, 1996 | |
Giperfazodan uchib chiqqan uchta Spung harbiy kemalari Christaga hujum qilishadi. | |||
2 | "The Sporting Kind (Sportcha feʼl-atvor)" | 19-oktabr, 1996 | |
Rosie oʻziga ermak hayvon topib oladi, biroq bu Spunglarning oʻljasi edi va ular uni yoʻqotib, jahllari chiqadi. | |||
3 | "Long Distance Calls (Uzoq masofali qoʻngʻiroqlar)" | 26-oktabr, 1996 | |
Jamoa uydagilar bilan aloqaga chiqish uchun quvvatli aloqa yoʻldoshini ishlatishadi, lekin ularning signallarini Komandir Goddardning azaliy dushmani — qaroqchi Reaver tutib oladi. | |||
4 | "King of the Hil (Hil qiroli)" | 2-noyabr, 1996 | |
Harlan Hil qabilasi tomonidan ushlab olinadi va ularning qiroliga aylanadi. | |||
5 | "Truth Hurts (Haqiqat achitadi)" | 9-noyabr, 1996 | |
Sir-sinoat saqlay olmaydigan Rosie jamoadagilarning ishonchini yoʻqotadi. | |||
6 | "Homeward Bound (Vatanga bogʻlanganlar)" | 16-noyabr, 1996 | |
Radu Spunglar hujumidan boxabar etuvchi tush koʻradi, biroq jamoadagilar unga ishonmaydilar. | |||
7 | "All You Can Eaty (Ochofat)" | 23-noyabr, 1996 | |
Jamoadagilar koʻrinishidan chiroyli bir hayvon topib, kemaga keltirishadi, biroq uning yeb-toʻymas ekanligi aniqlanadi va talay muammolar tugʻiladi. | |||
8 | "Both Sides Now (Endilikda ikkala tomon ham)" | 30-noyabr, 1996 | |
Kemadagilar bir-birlari bilan tana almashishni orzulashadi: Suzee robot boʻlmoqchi, Radu — odam, Harlan esa andromedalik boʻlishni istaydi. Orzulari ushalgach, Christa ularni tanimay qoladi va buyruqlariga boʻysunmaydi. | |||
9 | "Mother Knows Best (Ona eng yaxshisini biladi)" | 7-dekabr, 1996 | |
Oʻzini "Ona" deb ataydigan gʻalati energetik kuch bolalarga ular istagan narsalarni berib, erkalaydi. Bu orada Ona Christaning energiyasini soʻrib oladi, Thelma jamoani bu haqida ogoh etishga urinadi. | |||
10 | "A Star is Boring (Zerikarli yulduz)" | 19-yanvar, 1997 | |
Bova jamoadan sovub, odamovi boʻlib qoladi va fazoga oʻzida abadiy hayot dorisi bor, deb signal yuboradi. Buni eshitgan oʻzga sayyoralik xaridor bu dorini sotib olmoqchi boʻladi, biroq Bovada dori yoʻqligini bilib qolib, uning oʻzini oʻgʻirlaydi va tomoshaxonada "Eng keksa mavjudot" deb koʻrsatadi. | |||
11 | "Runaway (Qochish)" | 5-yanvar, 1997 | |
Radu va Bova Christa uchun yoqilgʻi olib kelishadi. Suzee kemaning dvigatellariga oʻzgartirish kiritadi, Harlan ularni sinab koʻrmoqchi boʻladi va Christa boshqaruvdan chiqib ketadi. | |||
12 | "Trouble With Doubles (Doppleganger)" | 12-yanvar, 1997 | |
Kema tashlandiq sunʼiy yoʻldosh yonidan uchib oʻtayotib, unda yashaydigan Doppleganger nomli mavjudotni bexos bortga olishadi. Doppleganger jamoadagilarning yovuz egizaklarini yasab, kemada tartibsizlik boshlaydi. | |||
13 | "A friend in Need (Ogʻir damdagi doʻst)" | 27-yanvar, 1997 | |
Jamoadagilar Spung hujumi ostida boʻlgan kemani tekshirishadi, u yerda ularni kema kompyuteri asir etadi. |