Samuel C. C. Ting
Samuel C. C. Ting (Tin Chjaochun; 1936.27.1, Michigan shtati, Ann-Arbor) — amerikalik fizik. Michigan universitetni tugatgan (1959). 1963-yilda Yevropa yadro tadqiqotlari institutida (Jeneva), 1964-yildan Kolumbiya untida, 1967-yildan Massachusets texnologiya institutida (1969-yildan professor) ishlagan. Asosiy ilmiy ishlari elementar zarralar fizikasiga oid. 1974-yilda B. Rixterdan mustaqil tarzda yangi ogʻir mezon — birinchi jozibali kvarkli mezonni ochgan. Nobel mukofoti laureati (1976; B. Rixter bilan birgalikda).[1][2]
Manbalar
tahrir- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |