Sanʼat Devonov (1932.9.5, Xonqa tumani — 2016.04.27) — aktyor va rejissor[1]. Oʻzbekistan xalq artisti (1976). Toshkent davlat sanʼat institutini tugatgan (1973). Xorazm teatrida aktyor, rejissor (1946—84), direktor (1963—67). 1984—86-yillar kinoaktyor studiyasining, 1986—87-yillar Abror Hidoyatov nomidagi oʻzbek davlat drama teatrining va 1987—93-yillar Hamza teatrining direktori.

Sanʼat Devonov
Devonov Sanʼat Solihovich
Tavalludi 9-may 1932-yil
Vafoti 27-aprel 2016-yil(2016-04-27)
(83 yoshda)
Xorazm viloyati, Oʻzbekiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Aktyor va rejissor
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Harakat bilan nutqning rangbarang, musiqiy va maʼnodorligi, chuqur iztiroblar orqali qahramonning ichki dunyosini ocha bilish, chin muhabbat, insonparvarlik ifodalari Devonov ijodiga xos. Devonov teatrda 150 dan ortiq rol oʻynagan. Eng yaxshi rollari: Askar („Arshin mol olon“), Tohir („Tohir va Zuhra“), Navoiy („Navoiy Astrobodda“), Hamlet („Hamlet“), Beruniy („Abu Rayqon Beruniy“), Ibn Sino („Ibn Sino“), Farib („Oshiq Gʻarib“) va boshqalar.

„Oʻliklar kechirmaydi“ (Oʻlmas Umarbekov), „Onalar“ (P. Tlegenov), „Layli va Majnun“ (Xurshid) kabilar Devonov sahnalashtirgan muvaffaqiyatli spektakllardandir. Kinodagi asosiy rollari: Yoʻlchi („Qutlugʻ qon“), Sharif („Maftuningman“), Juma („Qizilqum“), Abdugʻaniboy („Yulduzlar jamoli“), Rizayev („Uzoq-yaqin yillar“), Karvonboshi („Sevgi haqida afsona“), Amir Nasrullo („Choʻloq darvish“) va boshqalar, shuningdek, telefilmlarda („Shashmaqom“da xon, „Jaloliddin Manguberdi“da Muhammad shoh, „Xorazm afsonasi“da Ali, „Diyonat“da Boʻriboyev, „Ilondan qoʻrqmang“da Toshmatov va boshqalar) ham rollar ijro etgan. „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan taqdirlangan (2001).

Manbalar

tahrir
  1. „Aktyor Sanʼat Devonov olamdan oʻtdi!“. Hozircha Shu (27-aprel, 2016-yil). 2016-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-aprel, 2016-yil.

Havolalar

tahrir