San Marino
San Marino (San Marino Respublikasi) poytaxti – San Marino shahri. BMT aʼzosi.
San Marino Respublikasi Repubblica di San Marino
| |
---|---|
Shior: Libertas (Lotincha: Ozodlik) | |
Madhiya: Inno Nazionale della Repubblica | |
Poytaxt | San Marino |
Rasmiy til(lar) | Italyancha |
Hukumat | Semi-Prezidentlik Davlat |
Valeria Ciavatta | |
Luca Beccari | |
Fabio Berardi | |
Konstitutsiya (8-oktabr-1600) | |
Maydon | |
• Butun |
61.2 km2 (225-oʻrin) |
• Suv (%) |
ahamiyatsiz |
Aholi | |
• 2002-yilgi roʻyxat |
28,880 (216-oʻrin) |
• Zichlik | 471/km2 |
YIM (XQT) | 2005-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$940 mil. (193-oʻrin) |
• Jon boshiga |
AQSh$32,548 |
Pul birligi | Yevro (EUR) |
Vaqt mintaqasi | UTC+1 |
• Yoz (DST) |
UTC+2 |
Qisqartma | SM |
Telefon prefiksi | 378 |
Internet domeni | .sm |
|
San-Marino – eng qadimiy respublikalardan biri boʻlib, Unga 301-yil 3-sentabrda Rim imperatori Diokletianning nasroniylarga qarshi qiynoqlaridan qochgan nasroniy tosh ustasi Dalmatian Marinus tomonidan asos solingan. 1253-yildan beri davlat tuzumi oʻzgarmay kelgan. 1463-yildan buyon San-Marino hududi oʻzgarmagan. Aholisining etnik tarkibi: San-Marinolar-83%, italyanlar- 12%
Tabiati
tahrirSan-Marino Titano togʻ yonbagʻrida joylashgan. Mamlakat iqlimi – oʻrtayer dengiz iqlimi, lekin Italiya iqlimiga nisbatan moʻtadil. Qishda koʻp qor yogʻadi. Oʻrmonlari kamayib ketgan. Ammo efirmoyga boy butazor va oʻtloqlar mavjud. Togʻda joylashgan kichik daryolar yozda qurib qoladi.
Xoʻjaligi
tahrirSan-Marino iqtisodiyoti asosan sayyohlarga xizmat koʻrsatish, pochta markalari, tangalar va esdalik sovgʻalar chiqarishga tayanadi. Aholining turmush darajasi va oʻrtacha umr koʻrish yoshi dunyoda eng yuqori koʻrsatkichga yetgan. Mamlakatda mahalliy hunarmandchilik rivojlangan. Asosiy eksport mahsulotlari: vino, chinni, shisha buyumlar, esdalik sovgʻalari.
Diqqatga sazovor joylari
tahrirSayyohlarni San-Marinoning goʻzal tabiat manzaralari, Oʻrta asr va Uygʻonish davriga mansub arxitektura sanʼati durdonalari oʻziga jalb qiladi. Shahar XVI asrda barpo etilgan qadimiy davr qoʻrgʻon devorlari bilan oʻralgan. Koʻcha va yoʻlaklar tosh zinalar bilan birlashgan. Asosiy yodgorliklarga XIV-XV asrlar cherkovi, XVI asr kaputsinlar monastirlari, XTV-XV asrlar San-Franchesko cherkovi, XIX asrda qurilgan ozodlik maydonidagi hukumat saroyi kiradi. San-Marino – ilmiy, madaniy ommabop kongress, konferensiya, simpoziumlar oʻtkaziladigan anʼanaviy joy.
Manbalar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- Dunyo m am lakatlari. Ensiklopediya. – Toshkent.: MCHJ „DAVR NASHRIYOTI“,
2013-yil