San-Stefano shartnomasi
San-Stefano shartnomasi — 93-yilgi urush. 1877-1878-yillarda boʻlib oʻtgan Usmonli Turkiya-Rossiya urushi) oxirida imzolangan tinchlik shartnomasi. Bu mohiyatiga koʻra, eng „progressiv“ va slavyan mamlakatlaridagi ozodlik urushi sifatida tanilgan edi. Tarix sahifalarida „93 urushi“ degan nom bilan ham maʼlum boʻlgan 1877-1878-yillari Usmoniy davlati bilan Rossiya oʻrtasida yuz bergan urush, Usmoniylarning magʻlubiyati bilan tugadi.
Rus qoʻshini gʻarbdan Yeshilkoʻyga (sobiq Ayastefanos), sharqdan Erzurumgacha keldi. 1878-yilning 3-martida Usmoniy davlatining tinchlik taklifi ortidan (Rus qoʻshinlari bosh qoʻmondoni Nikolay turklarning bu iltimosini qabul qilgan edi) Istanbulning Yeshilkoʻy tumanidagi San-Stefano qishlogʻida tinchlik shartnomasiga qoʻl qoʻyildi. Bu shartnoma juda ham ogʻir shartlarni oʻz ichiga olgan.
Shartnoma moddalari
tahrirSerbiya, Chernogoriya va Ruminiya toʻliq mustaqillikka erishadi va chegaralari kengaytiriladi.
Buyuk Bolgariya knyazligi barpo etildi. Unga muxtoriyat maqomi berildi va knyazlikning chegaralari Dunay daryosidan Egey dengizigacha, Frakiyadan Albaniyagacha uzaytirildi.
Bosniya va Gersegovinaga ichki siyosatda mustaqillik berildi.
Fessaliya Gretsiyada qoldiriladi.
Krit va Armanistonga ham bir nechta imkon berildi.
Turkiyaning Kars, Ardagan, Artvin, Batumi, sharqiy Boyazit va Eleshkirt hududlari Rossiya ixtiyoriga oʻtib, bu mintaqada Rossiyaning roli kuchaydi.[2]
Usmonlilar imperiyasi Rossiyaga 2 milliard 410 million rubllik urush tovon puli, 300 million rubli naqd pul, qolganini yer sifatida toʻlagan.
Natijalar
tahrirBiroq bu shartnoma bilan Rossiyaning Bolqonda butunlay hukmron mavqega erishishi Gʻarb davlatlarini tashvishga soldi. Chunki, agar ruslar Bolgariya orqali Oʻrta Yer dengiziga chiqsa, Buyuk Britaniyaning Hindiston mustamlakalariga kirishiga va Bosniya-Gersegovinaning Avstriya-Vengriya imperiyasi tomonidan qoʻshib olinishiga toʻsqinlik qilgan boʻlardi. Bu reaksiyalardan foydalangan Usmonlilar Berlinda Kipr boshqaruvini Buyuk Britaniyaga qoldirish sharti bilan yangi shartnoma (Berlin shartnomasi) tuzishga muvaffaq boʻldilar. San-Stefanoning ogʻir sharoitlarini yengillashtirgan Berlin shartnomasi bilan Usmonli imperiyasining Bolqondagi mavjudligi bir muddat davom etdi.
San-Stefano shartnomasi Usmonlilar davridagi Sevr shartnomasi kabi qog'ozda qolgan shartnomadir.