San-Tome
(San-tomedan yoʻnaltirildi)
San-tome — San-Tome va Prinsipi davlati poytaxti. SanTome orolning shimoli-sharqiy qismida. Aholisi 93,4 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Atlantika okeani sohilidagi port (chetga banan, kofe, kakao, palma moyi va kokos yongʻogʻi chiqariladi). Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar, aeroport bor.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |