San Francisco zilzilasi, AQShning eng chekka gʻarbida, San Francisco yonida 8-aprel 1906-yilda mahalliy vaqt bilan soat 5 dan 12 daqiqa oʻtganda sodir boʻlgan. San Francisco zilzilasi Yer yuzida eng halokatli yer silkinishlaridan biri hisoblanadi. Zilzila kuchi 10— 11 ballga yetgan; magnitudasi 8,25. Qirgʻoq boʻyi tizmasidagi San-Andrias yorigʻi boʻylab togʻ jinslarining bir necha km masofada toʻsatdan uzilib siljishi natijasida roʻy bergan. Seysmik toʻlqinlar har tomonga yoʻnalib, Kaliforniya va Nevada shtatlari xududlarida 1 mln. km² maydonni larzaga keltirgan. Meridian boʻylab 430 km ga choʻzilgan yer sinigʻi yonida seysmik toʻlqinlar 6—11 balli izoseyst zonalarni hosil qilgan. San Francisco va Sant aRoza sh.lari eng koʻp vayron boʻlgan. Yoʻl, kanalizatsiya, suv taʼminoti inshootlari qattiq shikastlangan. SanFransisko sh. kuchli yongin ichida qolgan. SanAndrias uzilmasi boʻylab shaharlarda imoratlar birbiriga nisbatan 6,5 m gacha siljigan va baʼzi joylarda 1 m gacha koʻtarilgan. Jami 28,2 mingga yaqin uyjoy vayron boʻlib, 700 kishi qurbon boʻlgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil