San Paulu
San-Paulu — Braziliyaning jan.sharqiy qismidagi shtat. Maydoni 248,8 ming km². Aholisi 36,6 mln. kishi (2000), 9U% dan ortigʻi shaharliklar. Maʼmuriy markazi — SanPaulu sh. Braziliya yassitogʻligining jan.sharqiy qismida joylashgan. Iklimi tropik, oʻrtacha oylik tralar ichki xududlarda 14—16° dan 22°gacha, sohil qismida 18—26°. Yillik yogʻin 1200–2500 mm. Sernam tropik oʻrmonlar bor. S.P. — mamlakatning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan shtatlaridan. Mamlakat sanoat mahsulotining 1/2 qismi shu shtatda ishlab chiqariladi. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: avtomobilsozlik, elektrotexnika, qogʻozsellyuloza, poʻlat prokati. Oziqovqat, toʻqimachilik, kimyo, farmatsevtika sanoatlari ham rivojlangan. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Foydali qazilmalardan slyuda, kaolin, ohaktosh qazib olinadi. Qishloq xoʻjaligida kofe, paxta, shakarqamish, sitrus mevalar, sholi, donli ekinlar ekiladi. Goʻshtsut chorvachiligi, parrandachilik rivojlangan. Baliq ovlanadi.[1]
| |||
Braziliya shtati | |||
---|---|---|---|
Maʼmuriy markazi | San-Paulu | ||
Aholi (2010) | 41 262 199 kishi | ||
Zichligi | 166,25 kishi./km² | ||
Maydoni | 248 197,0 km² (12-oʻrin) | ||
Vaqt mintaqasi | UTC-3 | ||
Kod ISO 3166-2 | BR-SP | ||
Rasmiy sayti | http://www.saopaulo.sp.gov.br/ www.sp.gov.br | ||
Xaritada | |||
23°32′0″S 46°38′0″W / 23.53333°S 46.63333°W |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |