Sanam
Sanam — uygʻur mumtoz musiqasi janri. Anʼanaviy sozandalar — xonandalar ansambli hamda raqqos(a)lar tomonidan asosan toʻy, sayil va turli davralarda ijro etilgan. Sharqiy Turkistonning barcha hududlarida tarqalgan boʻlib, qashqar Si, ili Si, kumul Si, yorkand Si kabi turlarga boʻlinadi. Sanamlar bir necha qoʻshiq (mas, ili S.ida — "Chong sanam", "Yulan", "Mashugʻum", "Suvar", "Chimchim aytdim" kabi) va tezlashib borayotgan raqslardan tarkib topib, turkum tarzida ijro etiladi. S qoʻshiklari band—naqarot shaklida boʻlib, xalq toʻrtliklariga asoslanadi. Ular "sanam", "qashqarcha" kabi usullarga bogʻlanib jozibali yangraydi. Uygʻur Slarining cholgʻu (mas, surnay yoki urma sozlar tomonidan ijro etilgan) yoʻllari ham mavjud[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |