Sancharak tumani (forscha: سانچارک) yoki SangcharakAfgʻonistonning Saripul viloyatiga qarashli tuman. Markazi Tokzar shahri. Tuman sharqda Balx viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 1089 km².

Sancharak

سانچارک
tuman
35°49′31″N 66°27′24″E / 35.82528°N 66.45667°E / 35.82528; 66.45667
Mamlakat Afgʻoniston
Aholisi
 (2010)
87 670
Sancharak xaritada
Sancharak
Sancharak
Saripul viloyatiga qarashli Sancharak tumani

Sancharak tumani aholisi 2010-yilda 87670 nafar boʻlib, taxminan 44287 erkak va 43383 ayolni tashkil qilgan[1].

Tarixi

tahrir

1980-yillarda turkiy millatchi Pahlavon Gʻaffor tumanda 2000 kishilik zahiradagi harbiyga rahbarlik qilgan[2].

Iqtisodiyoti

tahrir

Qishloq xoʻjaligi tumandagi oilalarning toʻrtdan uch qismi uchun asosiy daromad manbai hisoblanadi. Sancharak tumanida yetishtiriladigan asosiy dala ekinlari bugʻdoy, makkajoʻxori, beda, arpa va zigʻirdir. Bogʻda yetishtiriladigan ekinlarning eng keng tarqalganlari uzum (75%), mevali daraxtlar, bodom, yongʻoq (16%) va sabzavotlardir (3%)[1][3].

Taʼlim

tahrir

Sancharak tumanida umumiy savodxonlik darajasi 12% ni tashkil etadi. Erkaklarning deyarli har beshtadan bittasi (18%) savodli boʻlsa, bu koʻrsatkich ayollarda har yigirmadan biriga (6%) toʻgʻri keladi. 15 yoshdan 24 yoshgacha boʻlgan aholi orasida savodxonlik darajasi erkaklarda 17,7% boʻlsa, ayollarda (4,8%) biroz pastroq. 6 yoshdan 13 yoshgacha boʻlgan bolalarning oʻrtacha 29 foizi maktabda taʼlim oladi. Ushbu koʻrsatkich oʻgʻil bolalarning uchdan bir qismi (30 foiz) va qizlarning oltidan bir qismi (15 foiz) ga toʻgʻri keladi[1].

Transport infratuzilmasi

tahrir

Sancharakda transport infratuzilmasi yaxshi rivojlanmagan, tumandagi yoʻllarning atigi 18,2 foizi avtotransportlar qatnovi uchun barcha mavsumlarda qulay, uchdan ikki qismi (65 foiz) esa ayrim fasllarda avtotransport qatnovi uchun talabga javob bermaydi. Viloyatning oltidan bir qismida (16,8 foiz) avtoyoʻllar umuman yoʻq[1].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Afghanistan Provincial Development Plan, Provincial Profile of Sar-i-Pul, UNAMA“. 3-iyul 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-noyabr 2022-yil.
  2. United States. Foreign Broadcast Information Service. Near East/South Asia report. Foreign Broadcast Information Service, 1983. 
  3. „United Nations System, Nutrition Information in Crisis Situations, Afghanistan“. 2011-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-noyabr.

Havolalar

tahrir