Sandon
Sandon — qizdirilgan metallga ishlov berish (bosqon va bolgʻa bilan urib yoyish, choʻzish, bukish, qirqish va hokazo) da uning ostiga qoʻyiladigan temir kunda. Asosan, temirchilik, miskarlikda ishlatiladi. Shakli va kattaligi har xil boʻladi. Temirchilik Si katta, chorqirra, tepa qismi keng boʻlib, aksariyat yoʻgʻon yogʻoch kundaga (gʻoʻlaga) oʻrnatiladi. Unga poʻlat yoki temirning kattaroq boʻlaklarini qoʻyib bolgʻalanadi, ustida ketmon, belkurak, omoch tishi (poza), tesha, bolta, oʻroq, pichoq kabi asboblar yasaladi. Miskarlikda tumshukli S. ishlatiladi. Bunday Sda, koʻpincha mis idishlar tuzatiladi, pardozlanadi, tekislanadi. S.ning zargarlik, soatsozlik, tunukasoalik va boshqa sohalarda ishlatiladigan xillari ham bor. S. pishiq poʻlatdan yasaladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |