Sang
Sang (ruscha: Санг) – Oʻzbekiston Respublikasi Namangan viloyati Pop tumaniga qarashli shaharcha. Ushbu hududdan Sirdaryo oqib oʻtadi. Undan tashqari qadimda buyuk ipak yoʻlining bir qismi shu yerdan oʻtgan. Tarix manbalarada yozilishicha Zahiriddin Muhammad Bobur ushbu hududga Sang (Zang, zarang yaʼni „Tosh“) nomini berib ketgan.
Shaharcha | |
40°51′43″N 71°11′19″E / 40.86194°N 71.18861°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Namangan viloyati |
tuman | Pop tumani |
Asos solingan | Miloddan avvalgi 2 – ming yillikda |
Avvalgi nomlari | zang |
Maydon | 3,000 km2 (1,200 kv mi) |
Iqlim turi | yozi oʻrta issiq, qishi oʻrta sovuq |
Rasmiy til(lar)i | oʻzbek |
Milliy tarkib | oʻzbeklar |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 |
Pochta indeks(lar)i | 160512 |
Avtomobil kodi | +50 |
|
Sang – qishlok azaldan „Ming uyli Sang“ deb atalib kelgan. Sang qishlogini atalishi bilan bogʻliq bir nechta rivoyatlar mavjud. Birinchisi 715 yilda Fargʻona vodiysiga kirib kelgan Muxammad Jarirning nabirasi Shox Fozil boshchiligidagi qushin bilan maxalliy aholi orasida qattiq jang boʻlgan. Ushbu jangda xalok bulganlar Sangdagi „Langar Aziz buva“ mozoriga dafn qilingan. Sangdagi xozirgi xammom oʻrniga kadar bulgan joylar asli shaxidlar qabristoni boʻlgan. Jangda xalok boʻlganlardan Shayxulislom
Xoʻja Abdulloh Ansoriy va Xoʻja Ibodulloh Alamdoriylarning kabrini kavlash vaqtida yerining kattikligi bilinadi. Shu bois, bu yer „sang zarang“, „toshdek kattik“ deb atashgan ekan. Ikkinchi rivoyatga kura Muxammad Jarir va onasi Bibi Ubayda bilan birgalikda shu qishloqda oʻtib ketayotgan vaktida qishloq axlidan suvsab suv suraganlar. Daryodan kiynalib olib chikkan suvlarini bermagan qishlok axlini „toshdan ham
qattiq“ ekan deb aytishgan. Arablar bu joyni „Zang“ deb atashgan. Shuningdek, „zang“ bilan, tupik, belga boglangan qoʻngʻiroqlarga jur boʻlib oʻynaladigan raqs turi xam bor. „Zangula“ soʻzi fors tilida „qungʻiroq“ maʼnosini bildiradi. Yana „zang“ soʻzi qoʻngʻir tuproq, boy, qattiq, katta xam tosh kabi maʼnolari bor. Qishloqning joylashgan oʻrni xam atrofi Sirdaryo, Gʻovasoy, Rezaksoy kabi soylar bilan oʻralib, daryo va soylar uzuk qishloq esa unga quyilgan kuzli toshga uxshaydi. Arablar masofa ulchovi xam „tosh“, yaʼni sang maʼnosi xam bor. „Boburnoma“da xam Sang kishlogi esga olingan.
Rivoyatlarga koʻra, aka-uka Xoʻja Abdulloh Ansoriy va Xoʻja Ibodulloh Alamdoriy Arabistondan kelib, 7-asr oxiri va 8-asr boshlarida islom dinini mintaqaga targʻib qilish bilan shugʻullangan. Aka-uka avliyolar qabri 714 yilga oid. Asrlar davomida ziyoratgoh sifatida shakllanilib, ikkita alohida maqbara holatiga keltirilgan. Xoʻja Abdulloh Ansoriy oʻz davrida shayxulislom maqomini olgan. Bu yer mahalliy aholi tilida Langar ota ziyoratgohi deb yuritiladi.
1937-yilda dinga qarshi kurash avjga chiqqan paytlarda maqbara buzib tashlanadi. 1967-yilda aholi tomonidan qayta tiklanadi. Ayni paytda maqbara taʼmirga muhtoj holatda. Bu esa tuman mutasaddilari va sektor rahbarlari eʼtiboridan chetda qolayotganini anglatadi.
Mahalla faxriylaridan Botirjon Nurmatovning aytishicha, unga ota-bobolaridan oʻtib kelayotgan Langar ota ziyoratgohidan topilgan qadim qoʻlyozmalar saqlanib kelayotgan ekan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ „Pop tumanidagi Xo‘ja Abdulloh Ansoriy maqbarasi“. Daryo.uz (2018-yil 27-mart).