Sangak
Sangak — Eron yassi nonining bir turi. Birinchi marta bu non 11-asrda tilga olingan. Erondan tashqari, Ozarbayjonda ham mashhur boʻlgan, ammo bu mamlakatda sovet hokimiyatining oʻrnatilishi bilan u foydalanishdan chiqib ketishga majbur boʻlgan. Buning sababi, Sangak qoʻlda tayyorlangani va ommaviy isteʼmolga yaroqsiz edi. Toʻliq bugʻdoydan tayyorlangan. Uchburchak yoki toʻrtburchak boʻlishi mumkin. Issiq toshlarda pishirilgan. Sangak nonida vitaminlar, kaltsiy, oqsil va temir mavjud. Sangak noni bug‘doy unidan tayyorlanadi. Bu nonning yaxshi xususiyatlaridan biri uning taʼmi, xushboʻyligi, toʻyinganligidir. Bu nonning anʼanaviy pishirish usuli, boshqa nonlardan o‘ziga xos shakli va taʼmi uni Eron madaniyati va dasturxonida yuksak qadrlashiga sabab bo‘lgan, ayniqsa nonushta uchun Sangak nonini bo‘lishiga katta ahamiyat beriladi. Sangak noni bolalar uchun ham juda foydali, ayniqsa, asab hujayralari oʻsib borayotgan davrda donli nonning tarkibidagi temir bolalarni yaxshi oʻsiishida yordam beradi. Boshqa tomondan, kepakli un koʻproq Sangak noniga qoʻllanilganligi va kepakli undagi vitamin va minerallar saqlanib qolganligi uchun bu turdagi nondan foydalanish tavsiya etiladi. Sangak nonida tolalar koʻp boʻlgani uchun uni hazm qilish oson. va u yuqori ozuqaviy qiymatga ega.
Manba
tahrir- Kak pekut xleb v musulmanskix stranax
- https://pisheblog.wordpress.com/ Iranskiy xleb
- https://www.beytoote.com/
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |