Sangijumon tabiiytosh yodgorliklari
Bu maqolani oʻchirish taklif etiladi. Sababi va mos munozaralarni quyidagi sahifadan topishingiz mumkin: Vikipediya:Oʻchirishga/Sangijumon tabiiytosh yodgorliklari. Maqolani yaxshilashga urinib koʻrishingiz mumkin, ammo munozara jarayoni yakunlanmagunga qadar mazkur ogohlantirish xabarini aslo olib tashlamang. Manbalar izla: „Sangijumon tabiiytosh yodgorliklari“ – yangiliklar · gazeta · kitoblar · akademik · JSTOR Maqola muallifiga: Maqolangiz oʻchirilish arafasida boʻlsa, nima qilish kerak? Administratorlarga: bu yerga havolalar • tarix (oxirgi oʻzgarish) • tabiiytosh yodgorliklari qaydlar • oʻchirish |
Navoiy viloyati Xatirchi tumanida Sangijuman qishlogʻi bor. Tabiati betakror, goʻzal bu maskan sayyoh va ziyoratchilarni oʻziga turli shakldagi xarsangtoshlari bilan jalb etadi. Qishloq tugashi bilan bepoyon qirliklarda sochilib yotgan xarsanglarga koʻzingiz tushadi. Qirlik Nurota tizma togʻlarining janubiy shaxobchasi boʻlib, uzunligi 70 km, eni esa 9,28 km.dir. Mahalliy aholi uni Oq togʻ deb atashadi. Oq togʻning janubiy qismida Sangijumon deb ataladigan kamyob intruziv – tosh massivi mavjud.[1]
Sangijumon massivining paydo boʻlish tarixi olimlar tomonidan turlicha qarashlarni ilgari surishlariga olib keldi. Baʼzilar massiv bundan 280 million yil avval, yer yuziga qaynoq va suyuq togʻ jinslarining koʻtarilishi natijasida vujudga kelgan deyishsa, boshqalari uning yoshini 250 million yilga tenglashtirishadi. Shu bilan birgalikda bu yerdapaleozoy davrida shovullab turgan Tetis dengizi oʻrtasidan yuqoriga koʻtarilgan togʻ jinslari yarim oy shaklda orolni vujudga keltirganini ham qayd etishadi. Sangijumonning gʻaroyib toshlari ichida eng mashhuri ogʻirligi 250 tonna, aylanasi 20 metr, diametri 9 metr, balandligi esa 6 metrga yaqin keladigan xarsangdir. Sangijumon soʻzining oʻzi fors tilidan olingan boʻlib, „tebranadigan tosh“ maʼnosini anglatadi. Sangijumonni gʻarb tarafga qarab koʻtarsa qimirlaydi va 7-10 martagacha qimirlab turadi.[2]
Ushbu oʻlkan harsang tosh shunchalik yengil tebranib turadiki, uni hatto 12-14 yoshli bola ham bir qoʻlda qimirlatishi mumkin. Tabiatning bunday noyob toshlari dunyo boʻylab sanoqlidir. Ulardan biri Argentinada Buenos-Ayres shahrining chekkasida, ikkinchisi Isroilning Quddus shahrida va uchinchisi Oʻzbekistonning Sangijumanida joylashgan.
Bu tosh yaqinida ikkinchi sirli xarsang tosh „Teshik tosh“ boʻlib, rivoyatlarga koʻra, ushbu tosh teshigidan faqat gunohi yoʻq odamlargina oʻta oladi. Shuning uchun mazkur tosh bir necha yuz yildan buyon mahalliy aholi uchun „gunohlarni oʻlchovchi tosh“ hisoblanadi. Uning pastida katta teshik boʻlib, aytishlaricha undan eson- omon oʻtgan odam „gunohsiz“hisoblanar ekan. Ayni paytda Sangijumonda 100 dan ortiq kamyob, oʻziga xos tabiiy yodgorliklar mavjud.[3]
Manbalar
tahrir- ↑ Sangijumanning gʻaroyib toshlari Navoiy viloyati, Xatirchi tumani.
- ↑ Sangijumanning gʻaroyib toshlari Navoiy viloyati, Xatirchi tumani.
- ↑ Sangijumanning gʻaroyib toshlari Navoiy viloyati, Xatirchi tumani.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |