Sanobar Faxriddinova
Sanobar Faxriddinova — 1957-yilning 19-mart kuni koʻhna Kesh — Shahrisabzda tavallud topgan. 1974-yili hozirgi Oʻzbekiston Milliy universitetning jurnalistika fakultetida tahsil olgan[1]. "Yosh kuch", „Saodat“ jurnallarida boʻlim boshligʻi, Oʻzbekiston teleradiokanalida siyosiy sharhlovchi, katta muharrir, „Oila va jamiyat“ gazetasida muharrir va „Matbuot rivoji“ MCHJning bosh direktori lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan. U „Bir dasta gul“, „Tongda kelgan farishta“, „Umidli dunyo“, „Koʻngilga oʻgʻri tushdi“, „Yurak, senga ishondim“, „Navolarga koʻchgan hislarim“ sheʼriy kitoblar va uch jildlik „Jonim fido“ publitsistik toʻplamining muallifi. Sanobar Faxriddinova „Oʻzbekiston ijodkor ayollar uyushmasi“ning „Atirgul“ mukofoti hamda „Mustaqillikning 15 yilligi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.
Manbalar
tahrir- ↑ „arxiv nusxasi“. 6-dekabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-avgust 2022-yil.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |