Sapar Isoqov
Sapar Jumaqodirovich Isoqov (qirgʻizcha: Сапар Жумакадырович Исаков; 29-iyul 1977-yil, Bishkek) – Qirgʻiziston davlat arbobi, 25-avgust 2017-yildan Bosh vazir[1][2][3][4][5]
Sapar Jumaqodirovich Isoqov | ||
---|---|---|
ruscha: Сапар Джумакадырович Исаков | ||
Qirgʻiziston Bosh vaziri | ||
Mansab davri 2017-yil 25-avgustdan – 2018-yil 19-aprelgacha | ||
Prezident |
Almazbek Atambayev Soʻronboy Jeenbekov | |
Oʻtmishdoshi |
Soʻronboy Jeenbekov Muhammadqaliy Abulgʻoziyev (v.b.) | |
Vorisi | Muhammadqaliy Abulgʻoziyev | |
Prezident devoni mudiri | ||
Mansab davri 2017-yil 1-martdan – 25-avgustgacha | ||
Oʻtmishdoshi | Farid Niyozov | |
Vorisi | Almazbek Usenov | |
Shaxsiy maʼlumotlari | ||
Tavalludi |
29-iyul 1977-yil Bishkek | |
Mukofotlari |
|
Biografiyasi
tahrirOtasi – Jumakadir Isakov uzoq yillar turli partiya lavozimlarida ishlagan. 2005-yildan nafaqada.
Onasi Nurgul Sagandikovna Omarbayeva maktabda ingliz tili oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. Hozirda nafaqada.
1999-yilda Sapar Qirgʻiziston xalqaro davlat universitetini „Xalqaro huquq“ mutaxassisligi boʻyicha tugatgan.
1999-2003 yillari Qirgʻiziston Xalqaro Universiteti oʻqituvchisi.
2003-yildan Qirgʻiziston Respublikasi diplomatik xizmatida.
2003-2007 – Qirgʻiziston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi Ikki tomonlama hamkorlik boʻlimida 3-kotibi, 2-kotib va boʻlim boshligʻi.
2007-2007 – Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi.
2007-2009 – Qirgʻiz Respublikasi Hukumati tashqi aloqalar boʻlimi boshligʻi.
2009-2010 – rivojlantirish, investitsiyalar va innovatsiyalar boʻyicha Qirgʻiziston Respublikasi Markaziy Agentligi aloqa xizmati rahbari.
2010-2010 – Qirgʻiziston Respublikasi Vaqtinchalik Hukumat tashqi siyosat boʻlimi rahbari.
2010-2012 – Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti devoni tashqi siyosat boʻlimi rahbari.
2012-2017 – Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti devoni mudirining birinchi oʻrinbosari – tashqi siyosat boʻlimi mudiri.
2017-2017 – Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti devoni mudiri.
2017-2018 – Qirgʻiziston Respublikasi Bosh vaziri.
2018-yil 19-aprelda mamlakat parlamenti Isoqov hukumatiga ishonchsizlik votumi eʼlon qildi va Isoqovni isteʼfoga chiqarib yubordi[6]
2018-yil 5-mayda korrupsiyada ayblanib, hibsga olingan[7]. 2019-yil 6-dekabrda moliyaviy jinoyatlarda aybdor deb topilib, 15 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan[8]
Favqulodda va Muxtor Elchi diplomatik martabasiga ega boʻlgan (2010-2019).
2020-yil 6-oktyabrda Qirgʻizistonda ommaviy norozilik namoyishlari boshlanganidan soʻng Sapar Isaqov sobiq prezident Atambayev va boshqa bir qator sudlangan siyosatchilar bilan birga Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasining tergov izolyatoridan ozod qilindi. Shundan keyin gʻoyib boʻlgan va qidiruvga berilgan.
Uylangan, toʻrt qiz va ikki oʻgʻilning otasi.
Manbalar
tahrir- ↑ Naznachen zaveduyuщiy otdelom vneshney politiki Apparata Prezidenta KR
- ↑ Sapar Isakov naznachen pervim zamestitelem Rukovoditelya Apparata Prezidenta Kirgizskoy Respubliki
- ↑ Sapar Isakov naznachen Rukovoditelem Apparata Prezidenta Kirgizskoy Respubliki
- ↑ Sputnik. „Авансом и в долг — парламент утвердил кандидатуру Исакова на пост premyerа“ (ru). ru.sputnik.kg. Qaraldi: 2017-yil 25-avgust.
- ↑ Zaveduyuщiy otdelom vneshney politiki v range zamestitelya Rukovoditelya Apparata Prezidenta KR Sapar Isakov nagrajden ordenom „Manas“ II stepeni
- ↑ https://m.kun.uz/news/2018/04/21/kirgiziston-ukumatining-angi-tarkibi-tulik-rujhat
- ↑ http://tass.ru/mezhdunarodnaya-panorama/5264741
- ↑ https://m.kun.uz/news/2019/12/07/qirgizistonning-sobiq-bosh-vazirlariga-75-va-15-yillik-qamoq-jazolari-tayinlandi