Sara Serraiocco 1990-yil 13-avgustda Italiyaning Pescara shahrida tugʻilgan. Yoshligidan raqs va kinoga ishtiyoqi baland boʻlgan. Aktyorlik karyerasini boshlashdan oldin biroz muddat raqs oʻqituvchisi boʻlib ishlagan[1]. 2010-yilda Serraiocco Rimga koʻchib oʻtgan va u yerda Centro Sperimentale di Cinematografia nomli Italiya milliy kino maktabida oʻqigan[2].
Serraiocco „RS Roma“ nomli jinoyiy serialning bir epizodida rol ijro etganidan soʻng, 2013-yilda „Salvo“ filmida rol oʻynagan va 2013-yilgi Kann kinofestivalida „Tanqidchilar haftaligi“ Gran-prisi bilan taqdirlangan. Ushbu filmdagi Palermo chekkasida tarbiyalangan koʻzi ojiz qiz roli unga yana bir nechta mukofotlarni, jumladan, eng yaxshi aktrisa nominatsiyasida Italiyaning Oltin globus mukofotini va eng yosh isteʼdod yoʻnalishida „Guglielmo Biraghi“ Nastro d’Argentoni mukofotini keltirgan.
2014-yilda Serraiocco rejissyor Liliana Cavani tomonidan suratga olingan „Francesco“ mini-serialida Saint Clare rolini oʻynash uchun tanlab olingan.
2015-yilda esa rejissyor Lamberto Sanfelicening „Cloro“ nomli filmida rol oʻynagan. Film Robert Redfordning Sundance kinofestivalida ham, 65-Berlinale festivalida ham namoyish etilgan. Serraiocco ushbu roli uchun 2015-yilgi Globo d’oro mukofotida eng yaxshi aktrisa nominatsiyasiga sazovor boʻlgan. Oʻsha yili u Enrico Pau tomonidan suratga olingan „Accabadora“ filmida Tecla rolini oʻynash uchun tanlangan. Keyin esa 2015-yilgi Rim kinofestivalida hakamlar hay’ati tarkibiga taklif qilingan.
Serraiocco 66-Berlin xalqaro kinofestivalida Yevropaning eng yaxshi isteʼdodi sifatida Shooting Stars mukofotiga sazovor boʻlgan. Shu orada, u Marco Danielining „Worldly Girl“ nomli debyut badiiy filmida bosh rolni ijro etgan. Bu film Venetsiya kinofestivali doirasida oʻtkazilgan GdA dasturida namoyish etilgan. Uning ushbu filmdagi ijrosi bir qator eʼtiroflarga sazovor boʻlgan: eng yaxshi aktrisaga nomnatsiyasida Premio Pasinetti (Kino tanqidchilari milliy uyushmasi mukofoti), Globo d’oro va Nastri d’argento mukofotlari. Bundan tashqari, u Michele Riondino bilan birgalikda yilning eng yaxshi aktyorlik juftligi sifatida Oltin Ciak mukofotini qoʻlga kiritgan[1][3].
U 2017-yilda Giovanni Veronesi rejissyori boʻlgan „No Country for Young Men“ filmida Nora rolini ijro etgan boʻlib, film Radio 2 radio tarmogʻida Danieli tomonidan olib boriladigan radio shousidan ilhomlanib yaratilgan. Filmdagi roli uchun Serraiocco 2017-yilda „Bosh roldagi eng yaxshi aktrisa“ yoʻnalishida Nastri d’Argento mukofotiga nomzod sifatida koʻrsatilgan. Shuningdek, u 2017-yilgi Venetsiya kinofestivalining Orizzonti boʻlimida taqdim etilgan Cosimo Gomezning „Brutti e Cattivi“ nomli debyut filmida bosh qahramon rolini oʻynagan. Serraiocco „Counterpart“ teleserialida Oscar mukofoti sovrindori J. K. Simmons bilan birgalikda Bolduin rolini ijro etgan. Ushbu filmdagi ijrosi unga „Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa“ yoʻnalishida Autostraddle TV mukofotini keltirgan.
Yil
|
Film
|
Rol
|
Rejissyor(lar)
|
Izoh
|
2013-yil
|
Salvo
|
Rita
|
Fabio Grassadonia and Antonio Piazza
|
|
2015-yil
|
Chlorine
|
Jenny
|
Lamberto Sanfelice
|
|
The Accabadora
|
Tecla
|
Enrico Pau
|
|
Lazarus Come Out
|
Sara
|
Lorenzo Caproni
|
Qisqa metrajli film
|
Marciapiedi
|
Qiz bola
|
Nicola Ragone
|
2016-yil
|
Worldly Girl
|
Giulia
|
Marco Danieli
|
|
2017-yil
|
No Country for Young Men
|
Nora
|
Giovanni Veronesi
|
|
Ugly Nasty People
|
Rosabella „Ballerina“ Terzi
|
Cosimo Gomez
|
|
2018-yil
|
A Jacket
|
Giorgia
|
Marco Armando Piccinini & Michele Placido
|
Qisqa metrajli film
|
Travelling with Adele
|
Adele
|
Alessandro Capitani
|
|
2019-yil
|
The Ruthless
|
Mariangela
|
Renato De Maria
|
|
2020-yil
|
Thou Shalt Not Hate
|
Marica Minervini
|
Mauro Mancini
|
|
I’m Fine
|
Leo
|
Donato Rotunno
|
|
The Italian Boys
|
Sara
|
Lorenzo Caproni
|
|
2021-yil
|
All Star: Return to the Cinema
|
Chiptalar agenti
|
Vincenzo Alfieri
|
Qisqa metrajli film
|
2022-yil
|
Lord of the Ants
|
Graziella
|
Gianni Amelio
|
|
Dry
|
Giulia
|
Paolo Virzì
|
|
2023-yil
|
Il ritorno di Casanova
|
Silvia
|
Gabriele Salvatores
|
|
The First Day of My Life
|
Emilia
|
Paolo Genovese
|
|
2024-yil
|
Vermiglio
|
|
Maura Delpero
|
|
Sulla terra leggeri
|
Miryam
|
Sara Fgaier
|
|
Under production
|
Ho visto un re
|
|
Giorgia Farina
|
|
Yil
|
Serial
|
Rol
|
Rejissyor
|
Izoh
|
2014-yil
|
Francesco
|
Assisilik Clare
|
Liliana Cavani
|
Telefilm
|
2017-2019-yillar
|
Counterpart
|
Nadia Fierro / Baldwin
|
Justin Marks
|
14 ta qism
|
2024-yil
|
Becoming Karl Lagerfeld
|
Graziella Fontana
|
Jérôme Salle
|
Nastro dʼargento
|
Yil
|
Film
|
Nominatsiya
|
Natija
|
2014-yil
|
Salvo
|
Yilning eng yaxshi debyutanti
|
Yutuq
|
2017-yil
|
Worldly Girl va No Country for Young Men
|
Eng yaxshi aktrisa
|
Nominatsiya
|
2018-yil
|
Brutti e cattivi
|
Komediya janridagi eng yaxshi aktrisa
|
Nominatsiya
|
2021-yil
|
Though shall not hate
|
Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa
|
Yutuq
|
Italian Golden Globe
|
Yil
|
Film
|
Nominatsiya
|
NAtija
|
2014-yil
|
Salvo
|
Eng yaxshi aktrisa
|
Yutuq
|
2015-yil
|
Cloro
|
Eng yaxshi aktrisa
|
Nominatsiya
|
2017-yil
|
Worldly Girl
|
Eng yaxshi aktrisa
|
Nominatsiya
|
Berlin Film Festival
|
Yil
|
Film
|
Nominatsiya
|
Natija
|
2016-yil
|
Cloro
|
Yevropaning eng yaxshi talanti
|
Yutuq
|
Venice film festival
|
Yil
|
Film
|
Nominatsiya
|
Natija
|
2016-yil
|
Worldly Girl
|
Eng yaxshi aktrisa
|
Yutuq
|
2022-yil
|
Siccità
|
Eng yaxshi ansambl ijrochisi
|
Yutuq
|
2014-yil
|
Salvo
|
Eng yaxshi aktrisa
|
Yutuq
|
Ciak dʼoro
|
Yil
|
Film
|
Nominatsiya
|
Natija
|
2017-yil
|
Worldly Girl
|
Eng yaxshi juftlik
|
Yutuq
|
Festival du film dʼ Annecy
|
Year
|
Title
|
Category
|
Result
|
2015-yil
|
Cloro
|
Eng yaxshi aktrisa
|
Yutuq
|
2016-yil
|
Worldly Girl
|
Eng yaxshi aktrisa
|
Yutuq
|
Autostraddle TV Award
|
Yil
|
Film
|
Nominatsiya
|
Natija
|
2018-yil
|
Counterpart
|
Ilmiy-fantastik serialda LGBTQ+ qahramoni rolini oʻynayotgan eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa
|
Nominatsiya
|