Saratongul (Hemerocallis fulva) -piyozdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Yevropaning oʻrta qismi, Osiyoning gʻarbida oʻsadi. Ildiz boʻgʻizi toʻpbargli yashil, tarnovsimon, tuksiz. Poyadagilari esa mayda boʻlib, gulyonbargchalarga oʻxshaydi. Gullari yirik, qizgʻishsariq, hidsiz. Toʻpguli siyrak, chochoq. Iyunning boshidan gullaydi. S. sovuqqa chidamli, manzarali oʻsimlik. Asosan, yoz oxirida ildizini boʻlish yoʻli bilan koʻpaytiriladi. Soyaroq yerlarda, ariq va hovuzlar boʻyida yaxshi usadi. Ildizpoyasi xalq tabobatida ishlatiladi. Ziravor sifatida ovqatga solinadi. Oʻrta Osiyoda ayni saratonda gullay boshlagani tufayli S. deb ataladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil