Saratoniy — ertapishar yozgi olma navi. Bogʻdorchilik, uzumchilik, vinochilik institutining Samarqand filialida Landsberg reneti navini Samarqand ertagisi navi bilan chatishtirib chikarilgan (V. V. Kuznetsov, A. A. Leplinskaya). Daraxti oʻrta boʻyli, shoxshabbasi baquvvat, koʻchati oʻtqazilgandan soʻng, 4-yili hosil beradi. Barglari yumaloqchoʻziq, toʻq yashil, chetlari mayda qirrali. Gullari yirik. Mevasi oʻrtacha kattalikda, vazni 100—150 g, baʼzan 200 g, yassi yumaloq. Poʻsti yupqa, pishganda sariq rangga kiradi, sirti pushti, taramtaram qizil. Eti oq, muloyim, sersuv, nordonshirin, xushtaʼm. Tarki j bida 11,5 qand, 0,7%; kislota mavjud. Mevasi iyun oyining oʻrtalarida uziladi, 7 yoshida tupidan 50—60 kg hosil olinadi. Hosildorligi 34,5— 122,1 s/ga. Sifatli qoqi tayyorlanadi. Oʻzbekistonning koʻpgina viloyatlarida ekiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil