Sardor Rahmonov
Sardor Rahmonov (1994-yil 9-iyul; Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbek futbolchisi, AGMK himoyachisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 9-iyul 1994-yil | ||
Tavallud joyi |
Muborak, Qashqadaryo Viloyati, O'zbekiston | ||
Boʻyi | 1,79 sm | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2012 | Mashʼal | 2 | (0) |
2013-2014 | Lokomotiv | 3 | (0) |
2014-2015 | Neftchi | 37 | (3) |
2016 | Buxoro | 8 | (1) |
2016 | Neftchi | 13 | (1) |
2017-2018 | Mashʼal | 37 | (3) |
2019- … | AGMK | 79 | (4) |
Milliy terma jamoa | |||
2011 | O‘zbekiston U17 | 8 | (0) |
2013 | O‘zbekiston U23 | 4 | (2) |
2016 | O‘zbekiston | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Futbolchilik faoliyati
tahrirSardor Rahmonov Muborakning „Mashʼal“ jamoasi tarbiyalanuvchisi. U professional faoliyatini 2012-yilda shu klubda boshlagan. Bungacha u „Mashʼal“ yoshlar jamoasida o‘ynagan. 2013-yil boshida u Toshkentning „Lokomotiv“ klubiga oʻtib, bir yarim mavsum shu jamoada oʻynadi. Bu vaqt ichida u bor yoʻgʻi uchta oʻyin oʻtkazdi.
2014-yil oʻrtalarida Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga koʻchib oʻtdi.[1] 2011 va 2013-yillarda mos ravishda O‘zbekiston yoshlar va yoshlar terma jamoasi aʼzosi bo‘lgan.
2016 yildan buyon — „Buxoro“ futbolchisi, biroq oʻsha yili „Neftchi“ga qaytdi.[2]
2017-yildan boshlab u oʻzining „Mashʼal“ jamoasida toʻp surdi, 2019-yilda esa AGMK futbolchisiga aylandi.[3]
Xalqaro oʻyinlar
tahrirTurli yosh toifalaridagi O‘zbekiston terma jamoalarida o‘ynagan. 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoa bilan 2013-yili Turkiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etib, jamoa bilan chorak finalga qadar yetib borgan.
Yutuqlar
tahrir- O‘zbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2013
- O‘zbekiston Superkubogi finalchisi: 2014, 2019
- O‘zbekiston kubogi finalchisi : 2019, 2020
Manbalar
tahrir- ↑ „Sardor Rahmonov "Neftchi"da“. 2023-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyun.
- ↑ „Sardor Rahmonov Neftchiga qaytmoqda“. 2022-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-sentyabr.
- ↑ „AGMK uch himoyachining transferini elon qildi“. 2023-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyun.