Sariq, sariqlar, shari — Oʻrta Osiyodagi turkiy xalqlar tarkibiga kirgan qabila nomi. Ilk urta asrlarda Janubiy Sibir, Yettisuv va Sirdaryo boʻylarida usun, abdal, qay(hun) qabilalari bilan birga yashashgan. 8— 10-asrlardagi xitoy manbalarida sheli, shari (sari, sariq) nomi bilan qayd etilgan. Sariq Sharqiy Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. K. Shoniyozovnmnt fikricha, Sariqning gʻarbga dastlabki siljish jarayoni 8-asrning 60y.larida sodir boʻlgan. Ayni shu vaqtda qarluqlar Yettisuvni egallaganlar. Sariqning katta qismi ular bilan birga Chu vodiysiga kelib oʻrnashgan. 10-asr oʻrtalarida Sariq Qoraxoniylar davlati tarkibida boʻlib oʻzbek elatining shakllanishida bevosita qatnashgan. 10—15-asrlar va keyingi davrlarda Dashti Qipchoqda yashagan. Sariq kurashlar va oʻzaro nizolar tufayli kichik boʻlaklarga boʻlinib oʻzbek, turkman, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq, boshqird xalqlari tarkibiga kirgan. Sariqning Jungʻoriya va Tarbagʻatoyda qolgan qismi Sibir xalqlari tarkibiga kirgan. Sariqning Shimoliy Xitoyda qolgan guruxlari shu yerda yashovchi uygʻurlar bilan qoʻshilib, ular ichida sariquygʻur etnik guruhini tashkil etgan.

16-asrdan boshlab Sariq turkmanlar tarkibida qabila sifatida maʼlum boʻlib, Mangʻishloq va Gʻarbiy Turkmanistonda taka va yovmutlar bilan birga yashagan. 1897-yil aholi roʻyxatida bu hududlarda Sdan 31 ming xoʻjalik hisobga olingan. Shuningdek, Sariq Turkmanistonning Taxtabozor, Yoʻloʻtan tumanlarida ham istiqomat qilgan. TurkmanSariq bir qancha urugʻlarga boʻlingan: suqti, bayrach, xurosonli, alasha, xerzet. TurkmanSariqning bir qismi Oʻzbekistonning Olot va Muborak tumanlarida ham yashashgan. Ularning quyidagi etnik guruxlari maʼlum: koʻsa, joʻyjoni, sapcha va bek. 1926-yilgi aholi roʻyxatiga koʻra, Surxondaryoning Sherobod tumanida Sariqga mansub 1190 kishi yashagan. Sariq Qirgʻiziston, Afgʻonistonda ham bor. Oʻtmishda S. chorvachilik, bir qismi dehqonchilik bilan shugʻullangan. 20-asrning 30y.laridan S xoʻjaligida dehqonchilik, xususan, paxtachilik va yaylov chorvachiligi yetakchi oʻrin tuta boshlagan.

Adabiyot

tahrir
  • Karpov G.I., K istorii turkmensarikov, Ashxabad, 1996; Shoniyozov K., Oʻzbek xalqining shakllanish jarayoni, T., 2000.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil