SariqSurxondaryo viloyati Qiziriq tumanidagi shaharcha (1992-yildan), tuman markazi. eng yaqin temir yoʻl stansiyasi — Surxon (32 km). Viloyat markazi (Termiz shahri)dan 70 km, Katta Oʻzbekiston traktidan 20 km. Angor — Sarik, avtomobil yoʻli shaharchani kesib oʻtgan. Aholisi 13,7 ming kishidan ziyod (2003). Aholisi va xoʻjaliklari Surxondaryodan suv oladi.

Sariq
shahar
37°40′20″N 67°14′15″E / 37.67222°N 67.23750°E / 37.67222; 67.23750
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Surxondaryo viloyati
tuman Qiziriq tumani
Aholisi
13 700
Vaqt mintaqasi UTC+5
Sariq xaritada

"Sariq" nomi ushbu yerda oʻzbeklarning qoʻngʻirotqoʻshtamgʻali urugʻining "sariq" shoxobchasi vakillari yashagani bilan bogʻliq. Sariqda davlat va maʼmuriy tashkilotlar, paxta tozalash zavodi, savdo, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. 6 umumiy taʼlim maktabi, internatmaktabi, kasb-hunar kolleji, 10 kutubxona, 2 klub mavjud. Markaziy tuman kasalxonasi, bolalar kasalxonasi, tez tibbiy yordam koʻrsatish boʻlimi, kattalar poliklinikasi, sogʻlomlashtirish markazi, yuqumli kasalliklar kasalxonasi va 9 ta dorixona aholiga xizmat koʻrsatadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil