Sariq qarqara
Sariq qarqara (lot. Ardeola ralloides, ing. Squacco heron) – qarqarasimonlar oilasiga mansub qush turidir. Bu qadimgi dunyo hayvonlaridan kelib chiqqan boʻlib, janubiy Yevropa va Yaqin Sharqda keng tarqalgan[1].
Sariq qarqara | ||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||||||||||||
|
Tavsifi
tahrirSariq qarqaraning uzunligi 40-49 sm boʻlib, vazni 250-300 g atrofida boʻladi, qanotlari yoyilgandagi holati 71 sm dan to 80 sm gacha boʻlishi qayd etilgan. Patlarining rangi sargʻish – qirmizi tusda boʻladi[2].
Etimologiyasi
tahrirSquacco inglizcha nomini Francis Willughby (taxminan 1672-yil) orqali mahalliy italyancha sguacco nomidan iqtibos keltirgan holda no bergan. Hozirgi nomini esa 1752-yilda John Hill tomonidan berilgan[3].
Ilmiy nomi lotincha ardeola, kichik qarqara (ardea) va ralloides, lotincha rallus, rels va yunoncha -oides, oʻxshash degan maʼnolarni bildiradi[4].
Tarqalishi
tahrirSariq qarqara asosan koʻchib yuruvchi qushlar toifasiga kirib Afrikada qishlaydi. U koʻpayish mavsumida Afrikada kam uchraydi. Bu tur Fernando de Noronha orollarida, kamdan-kam hollarda Janubiy Amerikada qayd etilgan. Bu kalta boʻyinli, enli va orqasi jigarrang-jigarrang boʻlgan qarqaralarning turi hisoblanadi. Yozda kattalari uzun patlarga ega boʻlishadi. Uning koʻrinishi parvoz paytida oʻzgaradi, qanotlarning rangi tufayli oppoq koʻrinadi.
Sariq qarqaraning asosiy yashash joylari issiq mamlakatlardagi botqoqli yerlar hisoblanadi. Qushlar kichik koloniyalarda, koʻpincha boshqa turdagi qushlar bilan, odatda daraxtlar yoki butalarda xas-hashakdan in quradilar. Uchtadan toʻrttagacha tuxum qoʻyadilar. Ular baliq, qurbaqa va hasharotlar bilan oziqlanadi.
Oʻzbekistonda tarqalishi
tahrirSariq qarqaralar asosan Amudaryoning quyi oqimlarida yashashadi.1960-yillarda, Qoraqalpogʻistondagi Orolboʻyi hududlarida keng tarqalgan boʻlib, hozir koʻplab yashash joylarida uchramaydi. Hozirgi kunda 100 ga yaqin juft Sariq qarqaralar Amudaryoning quyi oqimida uyalaydi. Ovlash taqiqlangan. Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan[5].
Manbalar
tahrir- ↑ Snow, David William; Perrins, Christopher, eds. (1997). The Birds of the Western Palearctic [Abridged
- ↑ „Yevropa hayvonot olami“.
- ↑ Lockwood, W. B. (1993). The Oxford Dictionary of British Bird Names
- ↑ „Jobling, James A (2010). The Helm Dictionary of Scientific Bird Names. London: Christopher Helm. pp. 54, 330.“.
- ↑ „O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan qushlar ro‘yxati“.