Sariyogʻ
Sariyogʻ — asosan, sigir suti qaymogʻidan olinadigan oziq-ovqat mahsuloti. Biologik xususiyati, taʼmi va sifati jihatidan boshqa yogʻlardan ustun turadi, inson organizmida yengil (95% gacha) hazm boʻladi. Tarkibida sut yogʻi kamida 72—82,5% (eritilgan Sariyogʻda 98—99%) ni tashkil etadi, yogʻ kislotalari majmui, fosfatidlar va yogʻda eriydigan vitaminlar, sutda boʻlgan oqsil, uglevodlar, ayrim suvda eriydigan vitaminlar, mineral moddalar va suv bor. 18—23° da qotadi, 27—36° da eriydi. Sariyogʻ eritilmagan va eritilgan xillarga boʻlinadi. Ilgari Sariyogʻ kuvda pishib olingan. Sanoatda eritilmagan S, asosan, 2 usulda: 30—45% li qaymoqni quvlab va seryogʻ qaymoqni qayta ishlab tayyorlanadi. Kuvlab olinadigan Sariyogʻ qaymogʻi 85—90° da pasterlanadi (qarang Pasterizatsiya), soʻngra 4— 8° gacha tez sovitiladi. Natijada sut yogʻi diametri 1–3 mm li donalarga ajraladi, ulardan yogʻsiz qismi ajratilgach, tayyor Sariyogʻ presslanadi. S ye r yo gʻ (80% gacha) qaymoqdan Sariyogʻ ishlab chiqarishda pasterlangan qaymoq bosim ostida moy ajratkichga uzatiladi, unda jadal aralashtirib turiladi va 12— 14° gacha tez sovitiladi. Pasterlangan qaymoqqa qand, kakao va vanilin kabi xushboʻy moddalar (shokoladli S), tabiiy meva sharbati va shakar (mevali S), asal (asalli Sariyogʻ) qoʻshib, aralashmali Sariyogʻ tayyorlanadi. Eritilgan Sariyogʻning tuzeiz, tuzli va boshqa xillari bor. Eritilmagan Sariyogʻni eritib va qoʻshimcha aralashmalardan tozalab, eritilgan Sariyogʻ olinadi. Eritilgan Sariyogʻ buzilmaydi. Sariyogʻ yuqori kaloriyali mahsulotdir. 100 g S.ning kaloriyasi oʻrtacha 770 kkal yoki 3,06 Mj ga teng.[1]Savol paydo boʻlishi mumkin qaymoq eritilganda undan ajrab chiqadigon modda yani Dolta deb ataladigon ozuqa qanday ajrab chiqadi nimani evaziga
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |