Sarkarda
Sarkarda (fors. — boshliq, boshlab boruvchi) — 1) qoʻmondon, lashkarboshi; 2) Xiva xonligida harbiy mansab. Slar qoʻshin urush safariga chiqqan davrda tayinlangan. Ular qoida boʻyicha oʻz urugʻlaridan tayinlanmagan. Xonlar buni ehtiyotkorlik deb hisoblashgan. Slar bevosita xonning yorligʻi bilan tayinlanib, harbiy mahkama kishilari boʻlmasligi ham mumkin boʻlgan (mas, miroblar S. boʻlishi mumkin edi); 3) amir, shahar hokimi, bek, mingboshi va yuzboshi ham baʼzan S. deb yuritilgan; 4) Eronda qoʻshin boshligʻi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |