Sarkoʻb (fors. — bosh yanchuvchi, uruvchi; boshi yanchilgan) — mudofaa jangi olib borilayotgan gʻanimga qirgʻin keltirish maqsadida sunʼiy yoʻl bilan barpo etilgan tepa, qalʼa yoki hisorsimon baland joy, qurilma. Sharq xalqlari, xususan, Amir Temur, Shayboniyxon, Xiva xonlari armiyasida qamal chogʻida faol qoʻllangan taktik usullardan biri. Oʻrta asrlarda koʻpdankoʻp qalʼa va qoʻrgʻonlar baland devor, burj va boru (oʻq otish uchun moʻljallangan shinaklar)ga ega boʻlgan. Mustahkam qalʼa va qoʻrgʻonlar uzoq muddatli mudofaa uchun zarur qurolyarogʻ, oziq-ovqat, yemxashak bilan taʼminlangan. Bunday inshootlarni bir hamla bilan qoʻlga kiritish mumkin boʻlmagan. Ana shunday kezlarda muhosara qurolyarogʻlari ishga solingan. Mudofaadagi qalʼa yoki qoʻrgʻon devorlari yonida undan baland boʻladigan tuproq uyumi — S. tiklashga kirishilgan. Minglab askarlar tevarakatrofdan oʻtin, yogʻoch, shoxshabba toʻplab, ustidan tosh, shagʻal va tuproq toʻkib S barpo etishgan. Ayni chogʻda daraxt xodalaridan yasalgan shotilar orqali jangchilar qalʼa devoriga chiqa boshlagan. Qad rostlagan S.ga kamonchilar chiqishgan, manjaniq, toʻp, raʼb kabi ogʻir qurollar ham olib chiqilgan va ulardan qamaldagilarga qarshi oʻt ochilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil