Sarsenbay Seytnazarov
Sarsenbay Erjanovich Seytnazarov (1961-yil 1-aprel, Taxtakoʻpir tumani, Qoraqalpogʻiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi) – fermer, sobiq senator, Oʻzbekiston Qahramoni (2011).
Sarsenbay Seytnazarov | |
---|---|
Tavalludi |
1-aprel 1960-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | fermer |
Unvoni |
Mehnat faoliyati
tahrirMehnat faoliyatini 1981-yil Taxtakoʻpir tumanidagi 27-mexanizatsiyalashgan kolonnada ishchi sifatida boshlagan. Bu yerda 1983—1985-yillar davomida qurilish boʻyich master vazifasini bajargan. 1985-yildan esa „Maqpalkoʻl“ nomli yoshlar sholichilik brigadasini boshqaradi. Brigada uning rahbarligi ostida bir qator yutuqlarga erishadi[1].
2000-yilda 647 gektar maydonda oʻzining „Tayimbet“ nomli fermer xoʻjaligini tashkil etgan. Bu yerda asosan paxta, shuningdek, kungaboqar, joʻxori yetishtirilgan. 2004-2005-yillarda sholichilik, 2006-yildan sholining suvli yerida esa baliqchilik bilan ham shugʻullangan.
2007-yilgi „Tashabbus-2007“ tanlovida Sarsenbay Setnazarov „Eng yaxshi fermer“ nominatsiyasida gʻoliblikni qoʻlga kiritib, „Matiz“ avtomobiliga ega boʻlgan.
Shuningdek fermer bir qator xayriya ishlariga ham hissa qoʻshgan. Taxtakoʻpir tumanidagi koʻprik, maktablar taʼmirida va aholini moddiy qoʻllab-quvvatlash ishlarida boshchilik qilgan.
2011-yilda „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni bilan taqdirlangan, shuningdek xuddi shu yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga senator etib tayinlangan[2].
2013-yildan Qoraqalpogʻiston fermerlar kengashi raisi[1].
Oilasi
tahrirUylangan, bir qiz, ikki oʻgʻli bor. Turmush oʻrtogʻi – Perdexan Esimbetova. Qizi – Nargiza Toshkent davlat pediatriya insistitutining Nukus filialini bitirib, Nukus davlat pediatriya birlashmasida shifokor boʻlib ishlaydi. Katta oʻgʻli – Yusup Qoraqalpoq davlat universitetini tamomlagan, kenja oʻgʻli esa Pekindagi kollejda turizm mutaxassisligi boʻyicha taʼlim olgan.
Mukofotlari
tahrir2007-yil – „Tashabbus-2007“ tanlovida „Eng yaxshi fermer“ nominatsiyasida gʻolib, „Matiz“ avtomobili sohibi;
2011-yil 23-abgust – Oʻzbekiston mustaqilligini mustahkamlash, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirish, islohotlarni yanada chuqurlashtirish borasida davlat va xalq oldidagi ulkan xizmatlari, ishlab chiqarish sohasidagi uzoq yillik fidokorona mehnati hamda yosh avlodni vatanparvarlik va xalqparvarlik ruhida tarbiyalashga qoʻshgan katta hissasi uchun – „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni – „Oltin yulduz“ medali bilan bilan taqdirlangan[3].
Yana qarang
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor va boshqalar. Oʻzbekiston qahramonlari. Toshkent: Adabiyot, 2021 — 216-bet.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor 2021, s. 158.
- ↑ „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATI BESHINCHI YALPI MAJLISINING KOTIBIYATI TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. Qaraldi: 7-iyun 2024-yil.
- ↑ „Ўзбекистонда ким қаҳрамон?“. ozodlik.org. Qaraldi: 7-iyun 2024-yil.