Sartak (? – 1256-yilda vafot etgan) – Oltin Oʻrda davlatining ikkinchi hukmdori. Botuning katta oʻgʻli. Yozma manbalarga koʻra u nasroniylik diniga eʼtiqod qilgan.

Sartak

Sartakning huzuriga Gleb Vasilkovichning tashrif buyurishi tasviri.
Oltin Oʻrda xoni
Saltanat 12561256
Oʻtmishdoshi Botu
Davomchisi Ulagchi
Tugʻilishi nomaʼlum
Vafoti 1256
Dafn etilgan joy
Otasi Botu

Biografiyasi

tahrir

Botuning toʻngʻich oʻgʻli. „Vassof tarixi“da keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, 1240—1242-yillarda moʻgʻullarning gʻarbga yurishlarida ishtirok etgan. Sayo daryosi boʻyidagi vengerlar bilan boʻlgan jangda aylanma manyovr harakatiga boshchilik qilgan (bu manyovr jang natijasini hal qilgan). 1246—1255-yillarda „ruslarga bogʻliq ishlarni nazorat qiluvchi shaxs“ vazifasini bajargan. Kirakos Gandaketsining maʼlumotlariga koʻra, Sartak cherkov va nasroniylarning ahvolini ancha yengillashtirgan, ruhoniylar va cherkovni soliqlardan ozod etish haqida farmon chiqargan[1].

Manbalar

tahrir
  1. Селезнев 2009.