Sart — (savdogar), XIX — XX asr boshlarida Oʻrta Osiyoning ayrim viloyatlarida (Farg'ona, Toshkent, Xorazm) ijtimoiy tabaqa boʻlgan. Buxoro amirligida bu nom ishlatilmagan.[1]

Rossiya imperiyasi davrida hokimiyat tomonidan „Sart“ soxta millati bilan birgalikda „sart“ soxta tilini yaratishga urinish boʻlgan, ammo bu tajriba muvaffaqiyatsizlikka uchragan.[2]

11 asr filologi Mahmud Qoshg'ariy sart atamasini savdogar ma'nosida ishlatgan.[3]

Rossiya imperiyasi davrida Samarqandlik ma'rifatparvar Mahmudx'oja Behbudiy sart atamasini mustamlakachilar tomonidan o'zbeklarga nisbatan qo'llanilishini tanqid qilib chiqqan edi.[4]

1922-yilda «Aq job qozoq» gazetasi sart so’zini Toshkent aholisiga nisbatan qo'llaganda o’zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy bu maqolani tanqid qilgan. Mustamlakachi Ostroumov to’raning davrilarini eslatib yuboryapti deb yozgandi Qodiriy. «Biz, o'zbeklar, kimlar tomonidan bo’lsa bo’lsun, ismimizga qaysi maqsad bilandir taqilgan «sart» so’ziga qarshi kurashdik».[5]

Rossiya mustamlakachilik siyosati tarafdori Erdmanning fikricha sart alohida til boʻlgan[6] va sartlar oʻzbek tiliga assimilyatsiya boʻlib yoʻqolib ketgan.[7]

Rus manbalaidagi ma'lumotlar

tahrir

„Frazi na sartovskom yazike“ (Sart tilidagi iboralar) deb nomlangan sartcha-ruscha soʻzlashgich boʻlib, 1884 yili Z.A Alekseev muallifligida Toshkentda chop etilgan. 1926 yildan boshlab "sart" nomi aholi roʻyxati va siyosiy muhokamalardan chiqarib tashlandi.

Manbalar

tahrir
  1. Sobolev L. N. Geograficheskiye i statisticheskiye svedeniya o Zeravshanskom okruge (s prilozheniyem spiska naselonnykh mest okruga)//Zap. IRGO po otdeleniyu statistiki. SPb., 1874. T.4. S. 299. Prim. 1.
  2. Ingeborg Baldauf, Some Thoughts on the Making of the Uzbek Nation. Cahiers du Monde russe et soviétique, Vol. 32, No. 1, 1991, s.80
  3. Махмуд ал-Кашгари. Диван Лугат ат-Турк / Перевод, предисловие и комментарии З.-А. М. Ауэзовой; индексы составлены Р. Эрмерсом. — Алматы: Дайк-Пресс, 2005. с.331
  4. Behbudij Mahmudho'ja, Sart so'zi majkhuldur // Behbudij Mahmudhuzha, Tanlangan asarlar. Tuzatilgan va to'ldirilgan 2-nashri. Toshkent: Ma'naviyat, 1999, b.193-202
  5. Adib Xolid. 0 ‘zbekiston tavalludi: ilk SSSR davrida millat, imperiya va inqilob. Toshkent: «Akademnashr», 2022. 260-bet.
  6. https://www.bbc.com/uzbek/lotin-43142177.amp
  7. https://www.bbc.com/uzbek/lotin-43142177

Adabiyotlar

tahrir
  • Ingeborg Baldauf, Some Thoughts on the Making of the Uzbek Nation. Cahiers du Monde russe et soviétique, Vol. 32, No. 1, 1991.