Sarvar Saʼdullayevich Otamuratov – Milliy tiklanish partiyasidan prezidentlikka nomzod boʻlgan[1].

Sarvar Otamuratov
Tavalludi 22-avgust 1973-yil (1973-08-22) (51 yosh)

Biografiyasi

tahrir

1973-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati – oʻzbek. Maʼlumoti – oliy, Toshkent davlat universiteti falsafa-iqtisodiyot fakultetining sotsiologiya boʻlimini, Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini, Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Sotsiologiya fanlari nomzodi.

1995-2006-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi valyuta-iqtisod bosh boshqarmasida etakchi iqtisodchi, bosh iqtisodchi, boʻlim boshligʻining oʻrinbosari, boshqarma boshligʻining oʻrinbosari, boshqarma boshligʻi.

2006-2009-yillarda sugʻurta kompaniyalarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

2009 va 2014-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan.

2010-2014-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari.

2013-yilda „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi etib saylangan.

2015-yildan 2019-yilgacha bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari. Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari.

2016-yilgi prezidentlik saylovida 2,35 foiz ovoz olgan[2].

2019-yildan hozirgacha sugʻurta shirkati direktori.

Oilali, ikki farzandi bor.

Manbalar

tahrir
  1. Milliy Tiklanish, 2016-11-19da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-11-18
  2. „Sarvar Otamuratov Shavkat Mirziyoyevga muvaffaqiyat tiladi“.