Sarvontepa — ilk temir davriga oid arxeologik yodgorlik. Andijonning shim.gʻarbiy qismida, Eski shaqarning Tutzor va Sujoat koʻchalari kesishgan yerda joylashgan. Dastlab, oʻtgan asrning 50y.larida yodgorlik roʻyxatga olingan, soʻngra 70y.larda kichikroq arxeologik qazishmalar oʻtkazilgan hamda 5—8-asrlar bilan sanalangan edi. 2001-yil shaharda ish olib borayotgan arxeologlar Sarvontepani uncha katta boʻlmagan 30 x 20 m kattalikdagi saqlangan qismida qazish ishlari oʻtkazdilar (Matboboyev B.X.). Natijadahoz. shahar kuchalari kesishgan joydan 3–4 m chuqurlikda yaxshi saqlangan qad. madaniy qatlamlar qayd etildi. Qatlamlardan mil. av. 6—4-asrlarga toʻgʻri keladigan guldor sopol idishlar va tosh buyumlar majmuasi oddiy maishiy oʻchoq yaqinidan ajratib olindi. Arxeologik ilmiy tadqiqotlarga koʻra, S. kadimda katta boʻlgan, aniqlangan chegarasi boʻyicha hozirgigi maydoni 1 ga ga boradi. S. ilk temir davriga (mil. av. 6—4-asrlar) taalluqli boʻlib fanda birinchi topilgan yodgorlik nomi bilan ataluvchi Eylaton madaniyati majmuiga kiradi. S.ni oʻrganish vodiy tarixi uchun oʻta muhimdir. Sabab, birinchidan, Fargʻona vodiysi qadim shaharlari hududida (xususan, Andijonda) ilk bor 2400—2600 yillik arxeologik kompleks aniklandi; ikkinchidan, Andijonsoyni bunyod etilish tarixini yanada qadimiylashtiradi. Chunki S. ushbu kanal boʻyida joylashgan va uning suvidan foydalangani shakshubhasiz. Nihoyat, S. Andijon shahrini ilk (dastlabki) oʻrni boʻlgani haqidagi fikr haqiqatga yaqin. Aynan ushbu hududda keyinroq oʻrta asrlar arki va shahristoni joylashgani ham bejiz emas.

Boqijon Matboboyev[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil