Sascha Bigalke
Sascha Bigalke (talaffuzi: Sasha Bigalke; 1990-yil 8-yanvarda tugʻilgan) — nemis sobiq professional futbolchisi, hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynagan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Sascha Bigalke | ||
Tavallud sanasi | 8-yanvar 1990-yil | ||
Tavallud joyi | West Berlin, Germaniya | ||
Boʻyi | 1.67 m | ||
Ampluasi | Hujumkor yarim himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
-1999 | Reinickendorfer Füchse | ||
1999—2007 | Hertha BSC | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2007—2011 | Hertha BSC II | 51 | (7) |
2008—2011 | Hertha BSC | 1 | (0) |
2011—2012 | SpVgg Unterhaching | 42 | (8) |
2012—2014 | 1. FC Köln | 17 | (2) |
2012—2014 | 1. FC Köln II | 3 | (0) |
2014—2021 | SpVgg Unterhaching | 150 | (34) |
Milliy terma jamoa | |||
2005—2006 | Germaniya U16 | 9 | (2) |
2006—2007 | Germaniya U17 | 26 | (11) |
2007—2008 | Germaniya U18 | 3 | (1) |
2008—2009 | Germaniya U19 | 6 | (5) |
2009—2010 | Germaniya U20 | 3 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Faoliyati
tahrirBigalke oʻzining professional faoliyatini „Hertha BSC“ jamoasida boshlagan va debyutini 2008-yilning 31-iyulida 2008—2009-yilgi UEFA kubogi birinchi saralash bosqichi javob uchrashuvida „Nistru Otaci“ ga qarshi oʻtkazgan. 2011-yil yanvar oyida Arminia Bielefeldga oʻtishni rejalashtirgan edi, biroq Bigalke transfer tugashiga oz vaqt qolganda oyogʻini sindirib olgach, kelishuv bekor boʻldi. „Hertha“ safida bor-yoʻgʻi bitta ligada oʻynaganidan soʻng, 2011-yil iyul oyida SpVgg Unterhachingga tekinga oʻtdi.
Sascha 45 oʻyinda (liga va kubok) toʻqqizta gol urdi va oʻn ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. DFB-Pokalning 1. FC Kölnga qarshi oʻyinda oʻynaganidan soʻng, raqib jamoa murabbiylarining eʼtiborini tortdi va 2012-yilning avgustida, transferlar oynasining soʻnggi kunida ular bilan shartnoma imzoladi. Taxminlarga koʻra, transfer narxi 400 000 yevroni tashkil etgan[1].
1.FC Köln uchun birinchi mavsumida Bigalke 16 oʻyinda munosib rol oʻynadi, ulardan sakkiztasida asosiy tarkibda tushdi. 2013—2014-yilgi mavsumoldi jarayonlarda unga mahalliy SF Troisdorf jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida raqib darvozaboni jarohat yetkazib qoʻydi[2]. Keyinchalik, u deyarli butun mavsumni oʻtkazib yubordi
2014-yil 22-iyulda 1. FC Köln Bigalke va yana toʻrt nafar oʻyinchi boshqa asosiy jamoada oʻynamasligini eʼlon qildi. Buning oʻrniga uni klubni tark etishga chaqirishdi va ikkinchi jamoa bilan mashgʻulotlarda qatnashishga majbur boʻldi[3]. Uning shartnomasi oʻzaro kelishuvga koʻra[4] bekor qilindi va Unterhachingga bepulga qaytishga muvaffaq boʻldi. Sascha ular bilan bir yillik shartnoma imzoladi, shartnomada yana bir yilga uzaytirish bandi ham bor edi[5].
Bigalke 2021-yilning mart oyida jarohatlar tufayli futboldan ketgan[6].
Faoliyat statistikasi
tahrir- 25-iyun, 2020-yilgi holat boʻyicha
Klublarda
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Kubok | Boshqa | Jami | Mnb. | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | |||
Hertha BSC II | 2007-08 | NOFV-Oberliga Nord | 7 | 3 | — | — | 7 | 3 | [7] | ||
2008-09 | Regionalliga Nord | 18 | 2 | — | — | 18 | 2 | [7] | |||
2009-10 | Regionalliga Nord | 23 | 2 | — | — | 23 | 2 | [7] | |||
2010-11 | Regionalliga Nord | 3 | 0 | — | — | 3 | 0 | [7] | |||
Jami | 51 | 7 | — | — | 51 | 7 | — | ||||
Hertha BSC | 2008-09 | Bundesliga | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | [7] |
2009-10 | Bundesliga | 1 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 3 | 0 | [7] | |
Jami | 1 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | 4 | 0 | — | ||
SpVgg Unterhaching | 2011-12 | 3. Liga | 35 | 6 | 2 | 1 | — | 37 | 7 | [7] | |
2012-13 | 3. Liga | 7 | 2 | 1 | 0 | — | 8 | 2 | [7] | ||
Jami | 42 | 8 | 3 | 1 | — | 45 | 9 | — | |||
Köln | 2012-13 | 2. Bundesliga | 16 | 1 | 2 | 0 | — | 18 | 1 | [7] | |
2013-14 | 2.Bundesliga | 1 | 1 | 0 | 0 | — | 1 | 1 | [7] | ||
Jami | 17 | 2 | 2 | 0 | — | 19 | 2 | — | |||
Köln II | 2012-13 | Regionalliga West | 1 | 0 | — | — | 1 | 0 | [7] | ||
2013-14 | Regionalliga West | 2 | 0 | — | — | 2 | 0 | [7] | |||
Jami | 3 | 0 | — | — | 3 | 0 | — | ||||
SpVgg Unterhaching | 2014-15 | 3. Liga | 8 | 0 | 0 | 0 | — | 8 | 0 | [7] | |
Jami | 8 | 0 | 0 | 0 | — | 8 | 0 | — | |||
SpVgg Unterhaching | 2015-16 | Regionalliga Bayern | 12 | 6 | 0 | 0 | — | 12 | 6 | [7] | |
2016-17 | Regionalliga Bayern | 34 | 19 | 1 | 0 | 2 | 1 | 37 | 20 | [7] | |
2017-18 | 3. Liga | 36 | 4 | 1 | 0 | — | 37 | 4 | [7] | ||
2018-19 | 3. Liga | 33 | 2 | 0 | 0 | — | 33 | 2 | [7] | ||
2019-20 | 3. Liga | 25 | 2 | 0 | 0 | 1 | 0 | 26 | 2 | [7] | |
Jami | 140 | 33 | 2 | 0 | 3 | 1 | 145 | 34 | — | ||
Jami faoliyati | 262 | 50 | 7 | 1 | 6 | 1 | 275 | 52 | — |
Terma jamoada
tahrirMavsum | Terma jamoa | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|---|
2005—2006 | Germaniya U16 | 9 | 2 |
2006—2007 | Germaniya U17 | 26 | 11 |
2007—2008 | Germaniya U18 | 3 | 1 |
2008—2009 | Germaniya U19 | 6 | 5 |
2009—2010 | Germaniya U20 | 3 | 1 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Bigalke zu Köln“ (olmoncha). abendzeitung-muenchen.de (31-avgust 2012-yil). Qaraldi: 24-iyul 2014-yil.
- ↑ „Kölner Bigalke erleidet in Testspiel Kreuzbandriss“ (olmoncha). ruhrnachrichten.de (22-iyun 2013-yil). 2017-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyul 2014-yil.
- ↑ „Ein Quintett steht im Abseits“ (olmoncha). rundschau-online.de (22-iyul 2014-yil). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyul 2014-yil.
- ↑ „Sascha Bigalke verlässt den FC“ (olmoncha). fc-koeln.de (18-avgust 2014-yil). Qaraldi: 28-avgust 2014-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „FC-Abgang: Sascha Bigalke wechselt nach Unterhaching“ (olmoncha). express.de (25-avgust 2014-yil). 2015-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-avgust 2014-yil.
- ↑ „Bigalke beendet Karriere: Ich wollte nicht auf der Trage vom Platz gebracht werden“ (de-DE). kicker (9-mart 2021-yil).
- ↑ 7,00 7,01 7,02 7,03 7,04 7,05 7,06 7,07 7,08 7,09 7,10 7,11 7,12 7,13 7,14 7,15 7,16 7,17 „Sascha Bigalke » Club matches“. World Football. Qaraldi: 22-fevral 2018-yil.
Havolalar
tahrir- Sascha Bigalke WorldFootball.net saytida