Sassiq popishaklar
Sassiq popishaklar (Lepipidae) — koʻkqargʻasimonlar turkumiga mansub qushlar oilasi. Bir turi — sassiq popishak maʼlum. Yevrosiyo va Afrikada tarqalgan. Qishlash uchun Shimoliy hududardan jan.ga uchib ketadi. Oʻzbekistonning dasht, togʻ va togʻ oldi hududlarida uchraydi. Tanasining uz. oʻrtacha 28 sm, qanotlari 13,5—15 sm, vazni 70 g gacha. Pati oqqora yoʻl-yoʻl, sargʻish jigarrang. Boshida toji (popugi) bor. Tumshugʻi ingichka, bir oz pastga egilgan. Mart oyida uchib keladi. Uyasini eski daraxtlar, imoratlar, kovaklar, qoyalar va boshqa yerlarga quradi. Badboʻy hid tarqatadi (nomi shundan olingan). Aprel—mayda 4—6 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini 15—20 kun bosadi. Bolalarini 22—23 kun davomida hasharotlar va ularning lichinkalari bilan boqadi. Keyingi yillarda eski kovakli daraxtlarning kesib yoʻq qilinishi Sassiq popishaklar sonining kamayib ketishiga olib keldi. Muhofaza qilinishi lozim.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |