Saud ibn Abdulaziz as-Saud
Saud ibn Abdulaziz ibn Abdurahmon ibn Faysal ibn Turki ibn Abdulloh ibn Muhammad as-Saud (arabcha: خالد بن عبد العزيز آل سعود; 13 Fevral 1913 – 13 Iyun 1982) – 1975–1982-yillarda Saudiya Arabistoni Qiroli boʻlgan[1][2][3][4].
Saud ibn Abdulaziz as-Saud arabcha: الملك سعود | |
Saudiya Arabistoni podshohi, ikki muqaddas masjid xodimi | |
Hukmronligining boshlanishi: | 1953-yil 9-noyabrdan |
---|---|
Hukmronligining tugashi: | 1964-yil 2-noyabrgacha |
Oʻtmishdosh: | Abdulaziz ibn Abdurahmon as-Saud |
Voris: | Faysal ibn Abdulaziz as-Saud |
Tugʻilgan sanasi: | 15-yanvar 1902-yil |
Tugʻilgan joyi: | Al-Quvayt, Quvayt |
Vafot sanasi: | 23-fevral 1969-yil (67 yoshda) |
Vafot joyi: | Afina, Gretsiya |
Biografiyasi
tahrir1902-yil 15-yanvarda tugʻilgan. Sulola asoschisi shoh Abdulaziz ibn Saud va uning rafiqlaridan biri, Qaxton qabilasidan boʻlgan Vazo binti Muhammad bin Akabning ikkinchi oʻgʻli. Qirol Saud 36 aka-ukadan biri boʻlgan, ammo ulardan faqat bittasi – shahzoda Turki (1900-1919) toʻlaqonli shahzoda edi. Uning oʻgay ukasi Faysal singari Saud ham qirollikning oʻrnatilishida muhim rol oʻynadi.
5 yoshidan shayx Abdul Rahmon Al-Mufayrijdan Qur’on va shariat qonunlarini oʻrgangan. Otasining rahbarligida kamondan otish, siyosat va diplomatiyani oʻrgangan. Yoshligida otasining mamlakatni birlashtirish uchun urushlarida qatnashgan va koʻplab mamlakatlarda diplomat boʻlgan.
Saudiya Arabistoni tashkil etilganidan koʻp oʻtmay, Saud valiahd shahzoda etib tayinlandi. 1937-yilda Londonda George VI va uning rafiqasi Yelizavetaning toj kiyish marosimida otasining vakili boʻlgan[5].
Abdulaziz vafot etgach, Saud podshoh boʻldi. Saud koʻplab vazirliklar va boshqa davlat muassasalariga asos solgan, ularning rahbarligiga oʻz farzandlarini tayinlagan. Saud oʻzidan oldingi hukmronligining soʻnggi yillarida ham islohotlarni davom ettirdi[6]. 1954-yilda qirollik byudjeti loyihasi birinchi marta nashr etilgan[6]. Saud davrida Jidda savdo porti ham milliylashtirildi va Saudiya kapitalining savdo korxonalaridagi ulushi 51% dan kam boʻlmasligi aniqlandi[6]. Saud davridagi islohotlarda uning ukasi Faysal muhim rol oʻynadi. 1958-yilda Faysal XVF tavsiyalariga koʻra islohotlarni boshladi: rial kursi tushirildi (bir dollar uchun 3,75 rialdan 4,5 rialgacha), yangi saroylar qurilishini moliyalashtirish qisqartirildi, taʼlim va sogʻliqni saqlashga sarflanadigan xarajatlar qisqartirildi[6].
1960-yilda Faysal va Saud oʻrtasida mojaro sodir boʻldi. Saud unga taqdim etilgan byudjet loyihasini imzolashdan bosh tortdi, shundan soʻng Faysal qirolga norozilik bildirdi. Bunga javoban Saud valiahd shahzodani hukumat boshligʻi lavozimidan olib tashladi va hukumatni oʻzi boshqardi[6]. 1961-yil mart oyida qirol oilasini tanqid qilishni 25 yillik ogʻir mehnatdan tortib oʻlim jazosiga qadar nazarda tutuvchi qonun chiqarildi[6]. 1962-yilda Saudiyaning qirollik farmoni bilan nihoyat qullik bekor qilindi[6]. Shu yili Faysal yana mamlakat hukumati rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi[6].
1964-yilda Saud ulamolar tomonidan uyushtirilgan toʻntarish natijasida qirollikdan chetlatildi. Vakolatlarini oʻz akasi Faysalga topshirishga majbur boʻldi. Shundan soʻng Jenevaga, u yerdan Gretsiyaga koʻchib oʻtdi va osha yerda 1969-yilda vafot etdi.
Oilasi
tahrirVoyaga etgan yoshida Saudning koʻp sonli xotinlari bor edi, barchasidan jami 115 nafar farzandi bor edi. Uning aksariyat farzandlari Saudiya siyosatida yoki iqtisodiyotida hech qanday rol oʻynamagan.
Uning kamida 15 oʻgʻli katta davlat va maʼmuriy lavozimlarda: Uning katta oʻgʻli shahzoda Fahad (1923–2006) Mudofaa vaziri (1957–1960) va Saudiya Arabistonining Gretsiyadagi elchisi (1964–1968), boshqa oʻgʻli shahzoda Bandar (1926–2016) esa Mudofaa vaziri boʻlgan.
Oʻgʻillaridan yana biri shahzoda Abdulloh (1924-1997) oʻsha davrda Makka amiri (1961-1963) va 1997-yilgacha Ispaniyadagi elchisi boʻlgan. Yana bir oʻgʻli shahzoda Saad (1924–1977) Shimoliy viloyat (1954–1959) va Asir (1969–1977) amirlarining oʻrinbosarlari boʻlgan, oʻsha davrda (1959–1963) Milliy gvardiyani boshqargan. Yana bir oʻgʻli shahzoda Xolid (1926-2020) ham oʻsha davrda (1957-1959) Milliy gvardiyani boshqargan. Yana bir oʻgʻli shahzoda Musaid (1927-2012) ikki marta Tabuk shahrining gubernatori (1937-1941) va Quvaytdagi elchisi (1941-1949), Mudofaa va aviatsiya vaziri oʻrinbosari (1941-1949) boʻlgan. Yana bir oʻgʻli shahzoda Muhammad (1934-2012) Saudiya Arabistoni mudofaa vaziri (1960-1962) va Al-Baha provinsiyasi amiri (1987-2010), yana ikki oʻgʻli Al-Baha provinsiyasi amiri boʻldi. Yana bir oʻgʻli shahzoda Badr (1934-2004) 1963-yil 20-yanvardan 4-fevralgacha 2 hafta Ar-Riyod amiri boʻlgan. Yana ikki oʻgʻli "An-Nasr" FK prezidenti boʻlgan: bu davrda (1969–1975) shahzoda Sulton (1939–1975) va shahzoda Abdurahmon (1946–2004) 3 marta (1960–1969; 1975–1997 va 2000-yillar) qayta saylangan. Yana bir oʻgʻli shahzoda Mishaal (1940-yilda tugʻilgan) Najron viloyati gubernatori (1997–2008) boʻlgan. Bir oʻgʻli shahzoda Abdulloh (1941–2023) Saudiya Arabistonining Shvetsiyadagi elchisi (1964–1970), qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari (1970–1973) va Javf viloyatida ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi (1973–1998) boʻlgan. Keyingi oʻgʻli shahzoda Mamduh (1944–2024) futbolchi boʻlgan va "An-Nasr" jamoasida (1968–1976) oʻynagan, keyinchalik klubning sport direktori boʻlib ishlagan. Yana bir oʻgʻli shahzoda Talal (1952-2020) Saudiya Arabistoni voleybol, basketbol federatsiyalari va Fors koʻrfazi basketbol federatsiyasini boshqargan. Bir qancha oʻgʻillari turli vazirliklarda: Mudofaa vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Ichki ishlar vazirligida ishlagan yoki ishlashda davom etmoqda. Baʼzi oʻgʻillari biznes bilan shugʻullanadi, lekin aksariyati siyosatda rol oʻynamaydi. Uning toʻrt nafar qizi jamoat hayotida: qizi malika Fahda (1953-yilda tugʻilgan) ayollar xayrixohlik jamiyati prezidenti, kenja qizi malika Basma (1964-yilda tugʻilgan) tadbirkor va ijtimoiy faol. Malika Dalal (1957–2021) bolalar salomatligi uchun xayriyachi boʻlgan. Yana bir qizi malika Hessa (? – 2016) maktab direktori boʻlgan birinchi saudiyalik ayol boʻldi.
Oʻlimidan ikki kun oldin sobiq qirol oʻzini yomon his qiladi va oʻsha paytda Avstriyada boʻlgan shifokori Flingerdan uni tekshirishni soʻraydi. U oila aʼzolari va hamkorlari bilan Gretsiyada edi. 1969-yil 23-fevral kuni ertalab qirol Saud qizi Noja bilan sohil boʻylab qisqa sayr qildi. Qaytib kelgach, yotdi, uxlab qoldi va uygʻonmadi. Sobiq monarx yurak xuruji natijasida uygʻonmasdan vafot etgan. Uning jasadi vataniga yetkazilib, Al-Oud qabristoniga dafn qilindi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Chronological events of the history of King Saud“. King Saud. Qaraldi: 2-iyun 2012-yil.
- ↑ Ralls, Charles. „King Saud arrives here for convelescence stay“ (25-yanvar 1962-yil). 2015-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-fevral 2013-yil.
- ↑ „Riyadh. The capital of monotheism“ (PDF). Business and Finance Group. 2009-10-14da asl nusxadan (PDF) arxivlandi. Qaraldi: 22-iyul 2013-yil.
{{cite magazine}}
: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud:|seperator=
(yordam)CS1 maint: date format () - ↑ Mouline, Nabil (June 2012). „Power and generational transition in Saudi Arabia“ (PDF). Critique Internationale. 46-jild. 1–22-bet. Qaraldi: 24-aprel 2012-yil.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () - ↑ „Saudi Foreign Policy“. Saudi Embassy Magazine (fall 2001). 2013-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 18-iyul.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 6,5 6,6 6,7 Ас-Самак А. И. 2014.