Savsan
Savsan soʻzi fors-tojik tilidan oʻzbek tiliga oʻtib oʻzlashgan. Qadimgi turkiy yozma manbalarda qayd etilmagan. Alisher Navoiy asarlarida savsan tarzida uchraydi. Boshi quyidurur savsan ollinda, Chu nargiz oʻldi chaman maxzanda naqdulfanj. (Gʻaroyib us-sigʻar , 110)
Shakllari
tahrirEski tojik tilida savsan-soʻsan سوسن , hozirgi eroniy tillarda:tojik tilida savsan, turkiy tillardan oʻzbek tilida savsan, ozarbayjon tilida susen koʻrinishida qoʻllanadi. Soʻzning etimoni haqida maʼlumotlar yoʻq.
Etimoni
tahrirSavsan soʻzi tarixan qoʻshma soʻz boʻlib, usu-sav va san kabi komponentlarning qoʻshilishidan yasalgan til birligidir."Gʻiyos ul-lugʻat"da ham bu soʻzga izoh berilganda, gulning bir turi, osmoni rang ekanligi qayd etiladi (269-bet).
Morfemik tahlili
tahrirSavsan soʻzining birinchi komponenti su-savning mustaqil qoʻllanib, anglatgan maʼnosini yozma manbalarda uchratmadik. Ikkinchi komponent san esa mustaqil soʻz sifatida qadimgi fors-tojik yozma manbalarida(Roʻdakiy asarlarida)oʻsimlikning bir nav’i nomini atagan:San سن ashaqa, oshiqpechon, ishqndarpechon. Bu soʻzning maʼno tarixi, komponentlarning mustaqil forma va shakllari haqida toʻliq maʼlumot mavjud emas.
Manbalar
tahrirBu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ Vafoyev, Bahrom. O'simliklar nomlari, "FAN" nashriyoti, Toshkent, 1991 — 72-bet. ISBN 5 - 648 - 01251 -9.