Sayfulla Dovirovich Saydaliev — oʻzbek davlat arbobi, 1992-yil 8-fevraldan 1993-yil 9-dekabrgacha, Toshkent viloyati hokimi.

Tarjimai holi

tahrir

1934-yilda tug'ilgan. KPSS a'zosi.

1976-yilda O‘zbekiston Kompartiyasi Yangiyo‘l tuman qo‘mitasi ikkinchi kotibi.

1981—1986-yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi Orjonikidze tuman qo‘mitasi birinchi kotibi.

1989—1990-yillarda Toshkent viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi.

1990—1991-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasi kotibi.

1992-yil 8-fevralda xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida kengash raisi Saydaliyev Toshkent viloyati hokimi etib saylandi[1]. Shu kuni O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov tegishli qarorni imzoladi[2].

1993-yil 9-dekabrda nafaqaga chiqqanligi munosabati bilan Toshkent viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgan[3].

Manbalar

tahrir
  1. „Выпуск № 28 (22748) | Правда Востока“. press.natlib.uz. 2021-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-aprel.
  2. „Выпуск № 29 (22749) | Правда Востока“. press.natlib.uz. 2021-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-aprel.
  3. „САЙДАЛИЕВ Сайфулла | ЦентрАзия“. centrasia.org. 2021-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-aprel.