Sayma
Sayma — Finlandiyaning jan.sharqiy qismidagi koʻllar sistemasi. Maydoni 4400 km² (eng kattasi — Sayma koʻli, maydoni 1800 km²), eng chuqur joyi 82 m. Qirgʻoqlari kuchli yemirilgan, tik; orol koʻp. Dekabrdan maygacha muzlaydi. Vuoksa daryosi orkali Ladoga koʻliga oqadi. Orollarda milliy parklar tashkil qilingan. Kema qatnaydi, yogʻoch tashiladi. Sayma kanali orqali Fin qoʻltigʻi bilan bogʻlangan. Lappenranta, Savonlinna va boshqa portlar bor.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |