Sayozlik
Sayozlik — suv havzalari (okean, dengiz, koʻllar) tubining atrofiga nisbatan chuqurligi kamroq boʻlgan qismlari. Dengizlarda transgressiya natijasida yuzaga kelgan S quruklikning suv ostidagi davomi. Okeanlarda ular marjon poliplari yoki vulkanik kelib chiqishga ega. S.larda qumli oqiziq jinslar oqim taʼsirida oʻz shakli va oʻrnini oʻzgartirib turadi. Quyosh nurlari suv ostigacha yetib borganligidan S.da organik hayot rivojlanishi uchun sharoit qulay: baliq va suv oʻsimliklariga boy, biroq kema qatnovi murakkabroq boʻladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |