Sayra
Sayra (lotincha: Cololabis saira) — sargansimonlar turkumiga mansub tuda boʻlib yashovchi dengiz baligʻi. Uzunligi 36 sm gacha, vazni 200 g gacha, Tinch okeanning shimoliy kismi va Yapon dengizida tarqalgan. 5—6-yil yashaydi; 3—4 yoshida voyaga yetadi. Yanvar — iyun oylarida Yapon dengizi jan. qismiga 9—23 ming uvildiriq tashlaydi. Uvildiriklari yopishqoq iplar yordamida suv oʻtlariga ilashib qoladi. Plankton bilan oziqlanadi. Ovlanadi.[1]
![](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/8/80/Sanma01.jpg/220px-Sanma01.jpg)
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |