Sayram koʻchasi — Mirzo Ulugʻbek tumanining Ahmad Yassaviy va „Sayram“ mahallalari hududida. Buyuk ipak yoʻli maydoni va Ziyolilar koʻchasi oraligʻida. Uzunligi 1,5 km atrofida.

Sayram koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Mirzo Ulugʻbek
Uzunligi 1.5 km
Koʻchada joylashgan binolar „Boʻz“ dehqon bozori
„Svetlana“ sumermarketi
Diplomat International School

XX asrning 1-yarmida tashkil topgan. Dastlab Bulvar (Bulvarniy) nomi bilan yuritilgan. 1958-yil 25-fevralda Komsomol 40 yilligi nomi berilgan. 1996-yil 5-sentabrdan Sayram nomi bilan yuritiladi[1].

Yoʻnalishida "Boʻz" dehqon bozori, British School of Tashkent, Xitoy elchixonasining savdo va iqtisodiyot masalalari boʻyicha vakolatxonasi, xalq banki shoxobchasi, „Kapitalbank“ filiali, „Svetlana“ sumermarketi, dorixona, savdo shoxobchalari, 20-oilaviy poliklinika, „Oʻzbekenergo“ davlat-aksiyadorlik kompaniyasi shifoxonasi, shaxsiy va koʻp qavatli turar joy binolari joylashgan. Qalandar va Yassi koʻchalari bilan tutashgan. Tarkibida 6 ta tor koʻcha va 3 ta berk koʻcha bor. Yakinida „Oʻzpaxtamash“ korxonasi, UzTest (Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi) korxonasi, harbiy gospital, rassomlar uyi, bogʻcha, umumiy taʼlim, xususiy taʼlim (Diplomat International School[2]) va musiqa maktabi bor.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir