Sebarga tunlami
Sebarga tunlami [Discestra trifollii Hufn. (Scotoqramma trifollii Rott.)]— tunlamlar oilasiga mansub kapalak. Kulrangqoʻngʻir yoki sargʻishqoʻngʻir tusli. Qanotlari yozilganda 34–38 mm. Qanot chetlari oqish, yaqqol koʻrinadigan Mshaklidagi naqshi bor. Gʻumbagi qizgʻishsariq. St. apreldan oktabrgacha uchadi, tuxumini (25 tagacha) oʻzi oziqlanadigan oʻsimlik barglarining usti yoki ostiga qoʻyadi. Toʻliq rivojlanish sikli haroratga qarab 27—74 kun. Oʻrta Osiyoning sugʻorma dehqonchilik mintaqalarida yiliga 3 avlod beradi. 40 ga yaqin madaniy oʻsimliklar, shu jumladan, gʻoʻza, kanop, zigʻir, tamaki, beda, sebarga, noʻxat, makkajoʻxori, qovoqsimonlar va boshqalarni zararlaydi.
Kurash choralari: 80% li xlorofos (0,8—1,5 kg/ga) yoki piretroid emulsiyalarini purkash. Tuxum qoʻyish boshlangan davrda 1 ga maydonga 60— 80—60 ming hisobida trixogrammanm 3 navbatda qoʻyib yuborish va boshqa [1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |