Chayot, Meksika bodringi (Sechium edule L.) — qovoqdoshlar oilasiga, Sechium turkumiga mansub oʻsimlik turi, oziq-ovqat ekini. Markaziy Amerikada indeyslar tomonidan madaniylashtirilgan. 19-asr oʻrtalaridan Afrikada, soʻngra Janubiy Yevropada, Osiyoning tropik qismida tarqalgan. Asosan, Meksikada koʻp ekiladi. Tropiklarda koʻp yillik, subtropiklarda bir yillik ekin, poyasining uz. 10 m gacha boradi. Bargi besh boʻlmali, guli ayrim jinsli. Mevasi noksimon, rangi yashil, bir urugʻli, uz. 13—20 sm gacha, ogʻirligi 0,2–2 kg. Mevasi tarkibida 3—3,5% qand, 20% kraxmal, oqsil, qisman moy bor. Qovurib yoki dimlab yeyiladi. Ekilganidan keyin 2yildan boshlab ildizida 2 kg dan 30 kg gacha tuganaklar hosil qiladi. Ildizda hosil boʻlgan tuganaklarda 20% gacha kraxmal, oqsil, smolali moddalar toʻplanadi, mazasi kartoshkaga oʻxshaydi, bolalar va bemorlar uchun parhez un tayyorlanadi. Poyasidan bosh kiyim va savatlar toʻqiladigan pishiq tola olinadi.

Chayot
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik

Subtropiklarda butun mevasini band tomoni Chayot bilan ekib koʻpaytiriladi. Ekish sxemasi 2 m x 1,5 m. Sentabr da gullaydi, bir oydan keyin mevalari yetiladi (bir oʻsimlik 200 donagacha meva tugadi).