Sedana (Nigella L.) – ayiqtovondoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi; ziravor ekin. Asosan, yovvoyi sedana (N. integrifolia Rgl.), madaniy ekma sedana (N. sativa) turi Kavkaz va Oʻrta Osiyoning adir va togʻlarida uchraydi. Ziravor oʻsimlik sifatida ekiladi. Boʻyi 20— 75 sm, poya tubidagi barglari butun, yuqoridagilari panjasimon boʻlingan. Bargi (mevasi) tuklar bilan qoplangan. Aprel—may oylarida gullab urugʻlaydi. Yaxshi asal beradi. Uning qoramtir xushboʻy urugʻlarida efir moyi bor. Non pishirishda, karam va bodring tuzlashda, veterinariya va tabobatda ishlatiladi. Urugʻi ochiq maydonlarga erta bahorda sepiladi. Damashq sedanasi (N. damasceana L.) turi manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi. Urugʻi tarkibida damassenin alkaloidi va efir moyi bor.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil