Segment (lotincha segmentum — kesma, seco — kesaman) — 1) tekislikdagi Segment — egri chiziq va shu yoy uchlarini tutashtiruvchi vatar bilan chegaralangan tekis shakl. Doiraviy AtV Segment yuzi (rasmga q.) OAtV sektor yuzi bilan AOV uchburchak yuzining ayirmasiga teng; 2) fazoviy Segment — fazoviy jismni tekislik bilan kesganda undan ajratib olingan shaklning sirti bilan shu tekislik orasidagi qismi; 3) Segment yoki kesma — toʻgʻri chiziqning A va V nuqtasi orasidagi nuqtalarning A va V nuqtalarini ham oʻz ichiga olgan toʻplami. Boshqacha aytganda, Segment toʻgʻri chiziqning koordinatalari a<x< b shartni qanoatlantiradigan nuqtalar toʻplami.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil