Sel ombori, selxona, sel saqlagich — sel oqimlarini tartibga solish va hududni sel vayrongarchiligidan muhofaza qilish uchun moʻljallangan gidrotexnika inshooti; seddan himoya vositalarining asosiy turi. Sel ombori aksariyat soy oʻzanlarini toʻgʻon bilan toʻsib barpo qilinadi. Toʻgʻonlar tuproq, qumloqi va shagʻalli toshtuproqlar, temirbeton konstruksiyalar va boshqalardan quriladi. Kichik So. sigʻimi ming va oʻn ming m³, kattalariniki esa bir necha mln. m³ boʻlishi mumkin. So. sel oqimlarini tutib qoladi, tosh va loyqani choʻktiradi, tingan suvni maxsus suv chiqargich orqali tashlama tarmoqqa oʻtkazib yuboradi. Suv chiqargichlar (ochiq yoki yopiq) avtomatika bilan jihozlanib, loyqalik darajasi qanday boʻlishidan qatʼi nazar, suvni oʻtkazib yuborishni taʼminlaydi.

Katta muvaqqat oqimga ega boʻlgan soylarda mustaqil suv tashlash yoʻliga ega boʻlgan maxsus So. qurilgan (Namangan viloyatida sigʻimi 3,4 mln, m³ boʻlgan Gʻirvon, Tojikistonning Sugʻd viloyatida 5,6 mln. m³ li Oʻtkensoy Co.). Uncha katta boʻlmagan soylarda qurilgan kichik omborlar yagona sistemaga birlashtiriladi (har bir sistemada 40—50 tagacha Sel ombori boʻlishi mumkin). Yirik zamonaviy himoya sistemalari oʻnlab Sel omborini birlashtiradi. Andijon viloyatida 16 dan 42 gacha ombori boʻlgan seldan himoya sistemasi qurilgan.

Ad.h Ismogʻilov X. A., Sel va undan saqlanish, T., 1988.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil