Selemja
Selemja — Rossiya Federatsiyasi Amur viloyatidagi dare, Zeya daryosining (Amur havzasi) chap irmogʻi. Uzunligi 647 km, havzasining maydoni 68,6 ming km². YamAlin va Ezop togʻlari tutashgan joydan boshlanadi. Quyi oqimida ZeyaBureya tekisligining shim. cheti boʻylab oqadi. Yomgʻir va qor suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 715 m³/sek. noyabrda muzlab, may boshlarida muzdan boʻshaydi. Nora daryosi quyiladigan yerdan boshlab quyilish joyigacha (326 km) kema qatnaydi. S.ning yuqori oqimida oltin koni bor.[1]
Selemja | |
---|---|
[[Tasvir:|250px|]] | |
Tavsif | |
Uzunligi | 647 |
Maydoni | 68 600 km² |
Suv sarfi | m³/s |
Joylashuvi | |
Davlat | Rossiya |
Selemja |
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |