Semyon Grigoryevich Gelferg (ruscha: Семён Григорьевич Гельферг; 1924-yil — 1943-yil 29-sentyabr) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (17.10.1943).

Semyon Gelferg
Asl ismi ruscha: Семён Григорьевич Гельферг
Tavalludi 1924-yil
Odessa, USSR
Vafoti 29-sentyabr 1943-yil
Grigorovka, Kanevskiy tumani, Cherkassi viloyati
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Xizmatdagi yillari 1942-1943-yillar
Unvoni kichik serjant
Jang/urush Ikkinchi jahon urushi
Mukofotlari
|

Hayoti

tahrir

1924-yil Odessada ishchilar oilasida tugʻilgan. 7-sinfni tugatgach, avto-chilangar boʻlib ishlagan. 1942-yilda Toshkent harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1943-yildan janglarda qatnashgan[1].

1943-yil 22-sentyabrga oʻtar kechasi motooʻqchi batalyonining u boshchiligidagi guruhi birinchilardan boʻlib Dneprni jang bilan kechib oʻtadi va oʻng sohildagi dushman bilan jangga kirishadi. Guruh tomonidan Lukovitsi va Grigorovka qishloqlari (Kanevskiy tumani, Cherkassi viloyati) uchun boʻlgan janglarda 2 ta tank va mototsikl yakson etiladi. 29-sentyabrda balandlik uchun boʻlgan jangda, halok boʻlgan vzvod qoʻmondonini oʻrnini egallab vzvodni jangga boshlaydi, shaxsan oʻzi bitta dushman tankini yoʻq qiladi. Shu jangda oʻzi ham halok boʻlgan[2].

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 17-oktyabrdagi farmoni bilan „Dnepri tez va mohirlik bilan kechib oʻtganligi, gʻarbiy qirgʻoqdagi platsdarmni mustahkam ushlab qolganligi hamda koʻrsatgan jasorati va qahramonligi uchun“, Semyon Gelferg Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan (vafotidan soʻng)[3].

Manbalar

tahrir
  1. warheroes.ru. „Гельферг Семён Григорьевич“.
  2. war-heroes.uz. „GELFERG SEMYON GRIGORYEVICH“.
  3. Geroi Sovetskogo Soyuza: Kratkiy biograficheskiy slovar / Pred. red. kollegii I. N. Shkadov. — M.: Voenizdat, 1987. — T. 1 /Abaev — Lyubichev/. — 911 s. — 100 000 ekz. — ISBN ots., Reg. № v RKP 87-95382.