Sen-Pyer va Mikelon
Sen-Pyer va Mikelon – Atlantika okeanidagi orollar guruhi, Kanadaning sharqiy qirgʻoqlari yaqinida, Nyufaundlend o.dan jan.da. Fransiya mulki. Umumiy maydoni 242 km² boʻlgan 8 oroldan iborat. Eng yirik oroli – Mikelon, 216 km². Iqlimi moʻtadil okean, nam iqlim; oʻrtacha harorat yanvarda —6°, iyulda 14°. Yillik yogʻin 1000 mm gacha. Iqlimi va toshlokli sertepa relyefi qishloq xoʻjaligini rivojlantirish uchun noqulay. Aholi, asosan, baliq ovlash va uni qayta ishlash bilan shugʻullanadi. Darrandachilik fermalari (moʻynali hayvonlar boqiladi) bor. Chetga baliq, baliq mahsulotlari, moʻyna eksport qilinadi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |