Josef Emanuel HubertusSeppPiontek (1940-yil 5-martda tugʻilgan) – nemis sobiq futbolchisi va murabbiy[1].

Sepp Piontek
Piontek 2011-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Josef Emanuel Hubertus Piontek
Tavallud sanasi 5-mart 1940-yil (1940-03-05) (84 yosh)
Tavallud joyi Breslau, Uchinchi reyx
(hozirda Wrocław, Polsha)
Boʻyi 1.81 m (5 ft 11 12 in)
Ampluasi Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1949—1958 VfL Germania Leer.
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1958—1960 VfL Germania Leer
1960—1972 Werder Bremen 278 (15)
Milliy terma jamoa
1961—1962 Gʻarbiy Germaniya U23 2 (0)
1965—1966 Gʻarbiy Germaniya 6 (0)
Boshqargan klublari
1971—1975 Werder Bremen
1975—1976 Fortuna Düsseldorf
1976—1978 Gaiti
1978—1979 FC St. Pauli
1979—1990 Daniya
1990—1993 Turkiya
1993—1995 Bursaspor
1995—1996 Aalborg BK
1997—1999 Silkeborg IF
2000—2002 Grenlandiya
2004 Grenlandiya
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Oʻyin karerasi

tahrir

Ikkinchi jahon urushi davrida Vrotslavda tugʻilgan. Piontek futbolchilik faoliyatini VfL Germania Leer jamoasi tarkibida boshlagan. 1963—1972 yillar oraligʻida SV Verder jamoasi tarkibida qanot himoyachisi ampulasida oʻynagan. Bremen klubi tarkibida Bundesligada 203 ta oʻyinida 14 ta gol muallifi boʻlgan (Sepp avvalroq Bundesliga tashkil etilishidan oldin Nord Oberligasida (1960—1963) 75 oʻyin oʻtkazib va bitta gol urgan)[2]. Gʻarbiy Germaniya terma jamoasi safida oltita oʻyinda (gol urmagan) ishtirok etgan[3].

Murabbiylik faoliyati

tahrir

Nafaqaga chiqqanidan soʻng Piontek Germaniyada „Verder“ (1971—1975), keyinchalik „Fortuna Dyusseldorf“ (1975—1976) va „Sent-Pauli“ (1978—1979) klublarida murabbiylik qilgan. 1979-yilda Piontek avval Gaitini (1976—1978) boshqarganidan keyin Daniya terma jamoasi murabbiyi boʻlgan. Sepp Daniya terma jamoasi bilan 115 ta xalqaro oʻyinda qatnashib, Daniyani 1986-yilgi jahon chempionatiga olib chiqqan va ilk bor Daniya term jamoasini FIFA Jahon chempionatidagi ishtirokini taʼminlagan murabbiy sifatida tarixga kirgan. Uning boshqaruvi davrida Daniya terma jamoasi „Daniya dinamiti“ nomi bilan mashhur boʻlgan. Sepp 1990-yil aprel oyida Daniya terma jamoasi bilan birgalikda 1990-yilgi Jahon chempionatiga chiqa olmaganidan soʻng bosh murabbiyi lavozimini tark etgan. Piontekning germaniyalik ustozi Jupp Derwall maslahatiga koʻra 1990-yil may oyidan 1993-yilgacha Turkiya terma jamoasini boshqargan[4]. Murabbiylik davrida 1992-yilgi Yevropa chempionati va 1994-yilgi FIFA Jahon Chempionatida ishtirok eta olmaganligi sabablik terma jamoani terk boʻlsada oʻzining tavsiyalari bilan turk futbolida katta jonlanish, oʻsishga yordam bergan[5].

1990-yillarda Piontek Daniyaga qaytib kelgan va u yerda Daniyaning Aalborg BK va Silkeborg IF klublariga murabbiylik qilgan va keyinchalik Grenlandiya terma jamoasida ishlagan. Hozirda oʻqituvchilik qilib kun kechirmoqda.

Yutuqlar

tahrir

Oʻyinchi

tahrir

Verder Bremen

  • Bundesliga chempioni: 1964–65,
    • ikkinchi oʻrin 1967–68
  • DFB kubogi: 1961-yil

Murabbiy

tahrir

Individual

  • Gerin Sportivo yilning eng yaxshi murabbiyi: 1983-yil

Manbalar

tahrir
  1. „Piontek, Josef“ (de). kicker.de. Qaraldi: 2012-yil 23-dekabr.
  2. Arnhold, Matthias „Josef Emanuel Hubertus 'Sepp' Piontek - Matches and Goals in Bundesliga“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (2015-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 9-oktyabr.
  3. Arnhold, Matthias „Josef "Sepp" Piontek - International Appearances“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (2015-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 9-oktyabr.
  4. McCarra, Kevin. „German foundation beneath Turkey's rise to greatness“. The Guardian (2003-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 26-mart.
  5. Mamrud, Roberto „Josef "Sepp" Piontek - International Matches as Coach“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (2015-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 9-oktyabr.

Havolalar

tahrir